Avderrayting (ing. underwriting) -1) qimmatbaho qogʻozlarni ochiq obuna boʻyicha vositachilar orqali tarqatish. Odatda vositachilik vazifasini investi-siya banklari yoki kompaniyalari bajaradi. Qimmatbaho qogʻozlar katta miqdorda chiqarilgan paytda bunday kompaniyalar oʻzaro birlashib emissiya sindikata tu-zadilar. Agar qimmatbaho qogʻoz xususiy joylashtiriladigan boʻlsa, investorlar oʻrtasida joylashtirish masalalari bilan emmitentning oʻzi shugʻullanadi; 2) ak-siyalarga obuna boʻlish; 3) koʻchmas mulk, koʻchar mulk va tijorat operatsiyalarini sugʻurta uchun qabul qilish.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil