Ave Alvaynu
Ave Alavaynu – 1942-yil 4-oktyabrda Tartu shahrida tugʻilgan va 2022-yil 3-aprelda vafot etgan. Estoniyalik shoira va yozuvchi.
Ave Alvaynu | |
---|---|
Tavalludi |
1942-yil 4-oktabr |
Vafoti |
2022-yil 3-aprel Estoniya |
Ijod qilgan tillari | Rus tili, Fin tili va Ingliz tili |
Fuqaroligi | SSSR va Estoniya |
Biografiya
tahrirAve Alavaynu 1942-yil 4-oktyabrda Tartu shahrida shifokor oilasida tugʻilgan. Ota-onasi ajrashgandan soʻng, u 4 yoshida onasi bilan Tallinga koʻchib oʻtgan[1]. U yerda 1954-yildan 1961-yilgacha maktabda taʼlim olgan. 1962-yildan boshlab Tallin pedagogika institutida eston filologiyasini oʻrganishni boshlagan. 1964-yildan 1967-yilgacha Tartu universitetida oʻqishni davom ettirgan, biroq uchinchi kursda oʻqishni tashlab ketgan. Keyin „Vanemuyne“ teatri studiyasida aktyorlik sanʼatini oʻrganib, 1968-yilda uni tugatgan. Shundan soʻng asosan turli gazeta va jurnallarda jurnalist sifatida ishlagan, keyinchalik esa gazeta tahririyatida tanishgan turmush oʻrtogʻi Vaapo Vaxer bilan birga Xiyumaa oroliga koʻchib ketgan. 1976-yildan boshlab pedagogik faoliyat bilan shugʻullangan. 1981—1985-yillarda Pionerlar uyi direktori lavozimida ishlagan. Oʻsha davrda maktab teatrini tashkil etib, uni 1995-yilgacha boshqargan. 1997-yildan boshlab „Ave Vita“ notijorat tashkilotiga rahbarlik qilgan[1].
1987-yildan boshlab Ave Alavaynu Estoniya Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi boʻlgan. U Xiyumaa orolidagi Kyardla shahrida istiqomat qilgan.
Ijodi
tahrirAlavaynu 1966-yilda matbuotda sheʼrlarini eʼlon qilish orqali adabiyot olamiga qadam qoʻygan. 1973-yilda uning ilk kitobi nashr etilgan. Tanqidchilar unda qisman „anʼanaviy sevgi lirikasi“ni koʻrsalar-da, ayni paytda „erotik tajriba“ va „erotik his-tuygʻular“ bir necha bor oʻz ifodasini topganini taʼkidlashgan[2]. Hattoki bir tanqidchi shoira ijodini urushlararo davrda axloqsizligi tufayli kitobi yoʻq qilingan Ralf Rond asarlari bilan taqqoslagan[3] va bu sheʼrlarni 16 yoshgacha boʻlgan bolalarga oʻqish tavsiya etilmasligini aytgan. Keyingi sheʼriy toʻplamlar muhabbat lirikasi uchun ijobiy baholar olgan[4]. U „Kto iz nas Napaleon?“ (1987) nomli maktublar romani bilan nasrnavis sifatida ilk qadamini qoʻygan. Bu asar „psixologik roman“ sifatida ham tavsiflangan[5]. Tanqidchilar unda erkak va ayol oʻrtasidagi farqlarga katta eʼtibor qaratilganini, shuningdek, „emansipatsiyaga qarshi“ yoʻnalishlar mavjudligini taʼkidlashgan.
Ave Alavaynu bolalar adabiyotining yorqin namoyondasi sifatida ham tanilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Ave AlavainuAndoza:Недоступная ссылка // pops.kardla.edu.ee
- ↑ Vaime Kabur: Rahutus rütmis. In: Looming 2/1974, S. 342—343.
- ↑ Oskar Kruus: Kolm debüüti. In: Keel ja Kirjandus 7/1974, S. 439.
- ↑ Kärt Hellerma: Loomingupsühholoogiline Alavainu. In: Keel ja Kirjandus. 1/1983, S. 41.
- ↑ Objektina subjekti. In: Estonia. 3/1987, S. 137.