Tartu

Estoniyadagi shahar

Tartu — Estoniyadagi shahar. Emayiga daryosining har ikkala sohilida, Tallindan 187 km jan.sharkda. Dare porti. Transport yoʻli va shosse yoʻllar tuguni. Aholisi 100,1 ming kishi (2000). T. 5-asr dan maʼlum, 1030-yil manbalarida Yaroslav Mudriy qayta kurgan Yuryev kalʼasi sifatida tilga olinadi. 1224—1893 yillarda Derpt, 1893 yildan yana Yuryev, 1919 yildan T. deb atalgan. 1941-yil 24 iyuldan 1944-yil 25 avg .gacha T.ni nemis fashistlari egallab turgan. Urushdan keyingi yillarda shahar qayta qurildi. Sanoat ahamiyati jihatidan va madaniy markaz sifatida T. Estoniyaning Tallindan soʻng 2shahri. Asosiy sanoat korxonalari: priborsozlik zdi, "Voʻyt" qishloq xoʻjaligi. mashinalari zdi, temirbeton buyumlar zdi, sut va goʻsht ktlari, shuningdek, koʻnpoyabzal, toʻqimachilik, polifafiya sanoati korxonalari. T.da Tartu universiteti va Estoniya qishloq xoʻjaligi. akademiyasi, 5 muzey, musikali drama teatri bor. T.ning meʼmoriy qiyofasi 19—20-asrlarda vujudga kelgan. Koʻpchilik binolari klassik uslubda qurilgan (jumladan, Ratusha, 1789-yil). Gotika uslubida qurilgan ikki inshoot — Yaan cherkovi hamda PyotrPavel sobori saklanib qolgan (ikkalasi ham 13—14-asrlar).