Aventin bloki
Aventin bloki – Italiyada fashistlar diktaturasiga qarshi kurashgan antifashistik partiyalar bloki. Sotsialist deputat, antifashist Mateotti fashistlar tomonidan oʻldirilgach (1924-yil 10-iyun), muxolifiyatdagi deputatlar bundan gʻazablanib, parlamentdan chiqib ketadilar va Rimdagi Aventin tepali-gida toʻplanib "Oppozitsiyami fraksiyalar komiteta" ni tuzadilar. Shu tariqa mazkur uyushma "Aventin bloki" nomini oldi. Blokka xalq partiyasi (katoliklar), respublikachilar, sotsialistlar va boshqa partiyalar vakillari hamda partiyasiz deputatlar uyushdilar. Mussolini hukumati Aventin blokining qat’iyatsizligi va zaifligidan foydalanib, 1926-yilda uni tor-mor qildi. Ommadan ajrab qolgan blok a’zolari fashizmga qarshi izchil kurasha olmay, tezda tarqab ketdi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |