Aviagorizont – haqiqiy ufq (gorizont) vaziyatini koʻrsatuvchi giro-skopik asbob. Aviagorizont samolyot yoki boshqa uchish apparatining koʻndalang va boʻylama ogʻish burchaklarini koʻrsatadi. Rotori giroskop bilan bogʻlangan mil (strelka) sun’iy ufqni koʻrsatib turadi. Rotor oʻqi tik vaziyatda boʻlganda mil gorizontal vaziyatni egallaydi. Uchuvchi Aviagorizont shkalasidagi samolyot qiyofasi (silueti)ning sun’iy ufq miliga nisbatan olgan vazi-yatiga qarab, samolyotning haqiqiy ufqqa nisbatan vaziyatini aniqlaydi. Dastlab, pnevmatik (havoli) giroskop va tuzatish kirituvchisi boʻlgan Aviagorizont qoʻllanilgan, hozir elektr giroskop va tuzatish kirituvchili Aviagorizont ishlatiladi.

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil