Aviatsiya astronomiyasi
Aviatsiya astronomiyasi – amaliy astronomiya boʻlimi. Aso-san, samolyotning vaziyatini va harakat yoʻnalishini aniqlash bilan shugʻullanadi. Uchish paytida maxsus asbob (sekstant) yordamida samolyotdan koʻrinayotgan osmon yoritqichlarining balandligi va kuzatish vaqti aniqlanadi. Har bir kuzatish max-sus hisoblash yoʻli bilan vaziyat chizigʻini aniqlash va haritaga tushirish imkonini beradi. Samolyotning vaziyati ikkita vaziyat.chizigining kesishgan nuqtasida boʻlib, bir necha kilometr aniqlikda topiladi. Agar osmon yoritqichining balandligini oʻlchash paytida samo-lyot Yerdagi biror aniq moʻljal (daryo, okean qirgʻogʻi va boshqalar) yoki radiopelenga-tor chizigʻida boʻlsa, uning koordinatalarini bitta vaziyat chizigʻi yordamida ham aniqlash mumkin. Hozir Aviatsiya astronomiyasi usullari ayrim masalalarni hal qilishda qoʻllanilmoqda.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |