Aviatsiya dvigateli
Aviatsiya dvigateli – uchish apparatlari (samolyot, vertolyot va boshqalar) ni harakatlantiruvchii issiqlik dviga-teli. Birinchi A.d bugʻ dvigateli edi; u 1885-yilda A. F. Mojayskiy samolyotiga oʻrnatiddi. Keyingi Aviatsiya dvigateli barcha mamla-katlarda ichki yonuv dvigateli asosida loyihalana boshladi. Keyinchalik aso-siy Aviatsiya dvigateli sifatida yengil dvigatel deb hisoblangan, benzin bilan ishlaydigan Aviatsiya dvigateli ishlatildi. 20-asr 40-yillaridan key-in gaz turbinasi va reaktiv dvigatelta oʻtildi.Aviatsiya dvigateli havo vintining aylanishidan tortish kuchi hosil kiluvchi vintli, tortish kuchi reaktiv soplodan katta tezlik bilan chiqayotgan ish gazlaridan hosil boʻladigan reaktiv, asosiy tortish kuchi havo vinti bilan va qoʻshimcha (8–12%) yonish mahsulotlari oqimi hisobiga hosil qilinadigan turbovintli xillarga boʻlinadi. Vintli Aviatsiya dvigateli oʻz navbatida porshenli va turbovintli dvigatelga boʻlinadi. Uchish paytida turbovintli dvigatelga (1-rasm) kirayotgan havo bo-sim bilan diffuzor (kirish qurilmasi)da, keyin kompressor 2da siqiladi, siqilgan havo kompressordan yonish ka-merasi 3 ga oʻtadi. Bu yerga nasos for-sunka orqali yonilgʻi purkaydi. Yonishdan hosil boʻlgan gazlar turbina soplosi 5 ga yoʻnalib, unda atmosfera bosimidan sal oshiqroq holatgacha kengayadi va tezligi oshadi. Soplodan chiqqan gazlar turbina 4 parraklariga urilib, unga havo vin-ti 6 ta kompressorni harakatlantirish uchun yetarli energiya beradi. Havo vinti optimal aylanishlar sonida aylanishi uchun dvigatel va havo vinti oʻqlari ora-siga reduktor oʻrnatiladi.Porshenli Aviatsiya dvigateli eng yaxshi takomil-lashgan samolyotga 750 km/soat gacha tezlik bera oladi. Porshenli Aviatsiya dvigateli tezligi katta boʻlmagan, ya’ni 200–500 km/soat tezlikda uchadigan samolyotlarga, turbo-vintli Aviatsiya dvigateli esa 500–800 km/soat tezlikda uchadigan samolyot va vertolyotlarga oʻrnatiladi. Ikkinchi jahon urushi oxirlarida paydo boʻlgan birinchi turboreaktiv dvi-gatellar samolyot tezligini 960 km/soat gacha oshirishga imkon berdi. Turbore-aktiv Aviatsiya dvigatelida yonish kamerasiga forsun-ka orqali suyuq yonilgʻi purkaladi, kom-pressor bilan esa havo beriladi. Yonilgʻi yonganda kamerada bosim ortadi, qizigan gaz oqimlari soplo orqali oʻtib, gaz tur-binasi parraklariga intiladi va turbi-nani aylanishga majbur qiladi.60-yillarning ikkinchi yarmidan tik uchadigan va qoʻnadigan samoletlar uchun ancha yengil turboreaktiv Aviatsiya dvigateli yaratiddi. Turboreaktiv va turbovintli Aviatsiya dvigateli aso-sida ikki konturli turboreaktiv Aviatsiya dvigateli ishlab chiqildi. Bunday dvigatel tovush tezligidan sekin uchadigan samolyotlarda qoʻllanilib, undagi yonilgʻi sarfi tur-boreaktiv va turbovintli Aviatsiya dvigateli nikiga nisbatan kam. Tovush tezligidan sekin va tez uchadigan samolyotlarning sxemalari turlicha boʻladi. Tovush tezligidan tez uchadigan samolyotlardagi turboreak- 5tiv Aviatsiya dvigatelida havo va gazning temperaturasi ancha yuqori boʻladi. Unda uchuvchini dvigatelni boshqarishdan ozod qiladigan avtomat tizim bor. Uchish balandligidan qat’i nazar yonilgʻi bosimi, gazlarning kirish oldidagi temperaturasi va boshqa parametrlar riso-ladagidek tutib turiladi.90-yillarda Aviatsiya dvigateli ning tubdan yangi xillari yaratilgani yoʻq, ba’zi tuzilmaviy oʻzgarishlar qilindi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |