Avn ibn Abdulloh ibn Jaʼfar
Avn ibn Abdulloh ibn Jaʼfar (arabcha: عون بن عبدالله بن جَعفر) – Avn al-Akbar nomi bilan tanilgan (680-yil 10-oktyabrda vafot etgan) – Makkadan Kufaga safarida Husayn ibn Aliga hamroh boʻlgan Zaynab binti Alining oʻgʻli. Ashuro kuni Karbalo jangida shahid boʻlgan.
Avn ibn Abdulloh ibn Jaʼfar | |
---|---|
Tavalludi | |
Vafoti |
milodiy 680-yil 10-oktyabr (hijriy 61-yil Muharram oyining 10-kuni) Karbalo, Damashq xalifaligi (bugungi kunda Iroq) |
Nasabi
tahrirAvn ibn Abdulloh Husaynning singlisi Zaynab binti Ali va Muhammadning sahobalaridan Abdulloh ibn Jaʼfar ibn Abu Tolibning oʻgʻli boʻlgan[1]. Avnning bobosi Jaʼfar at-Tayyor Muhammadning Habashistonga hijrat safardida musulmonlar boshligʻi etib tayinlangan[2]. Abdullohning Avn ismli ikki oʻgʻli boʻlib[3], Avn al-Akbarning onasi Zaynab binti Ali, Avn al-Asgʻarning onasi esa Musayyib ibn Najbaning qizi Jamana boʻlgan[4].
Husayn ibn Aliga hamrohligi
tahrirAbdulloh ibn Jaʼfar Husaynning Kufaga joʻnab ketganidan xabar topgach, uni Makkaga qaytishiga koʻndirish uchun xat yozgan va oʻgʻillari Avn hamda Muhammad bilan maktubni Husaynga yoʻllagan[5]. Biroq Abdulloh imomning oʻz qarorida qatʼiy ekanini va Makkaga qaytmasligini bilgach, oʻgʻillari Avn va Muhammadga unga hamroh boʻlishni va Husayn bilan birga jang qilishni maslahat bergan[6].
Ashuro kuni
tahrirMuhammad shahid boʻlgach, Avn jang maydoniga yoʻl olgan. Ibn Shahr Ashubning yozishicha, u Umar ibn Saʼd[7] qoʻshinidan 3 otliq va 18 piyoda askarini oʻldirgan. Biroq uning oʻzi Ashuro kuni Abdulloh ibn Qutba tomonidan oʻldirilgan[8].
Manbalar
tahrir- ↑ al-Isfahani, Abu al-Faraj. Maqatil al-Talibin - مقاتل الطالبيين. Dar Ihya Turath al-'Arabi, 2013 — 124-bet.
- ↑ Ibn Kathir. Al-Sira Al-Nabawiyya: السيرة النبوية. dar-salam.org, 2018 — 323-bet. ISBN 978-1948117784.
- ↑ Ibn Qutayba.. Kitab al-Ma'arif. Lebonan, 1960 — 207-bet.
- ↑ Al-Balathuri (Ahmad ibn Yahya). Ansab al-Ashraf (أنساب الأشراف). Dar al-Maarif, 1987 — 67–68-bet.
- ↑ Abu Mikhnaf. Kitab Maqtal al-Husayn (Narrative of the Martyrdom of Al-Husayn), 2000 — 69-bet.
- ↑ Shaykh Al-Mufid. Al-Irshad. Al-Burāq, 1982 — 68–69-bet. ISBN 0940368110.
- ↑ Muḥammad ibn ʻAlī Ibn Shahrāshūb. Manāqib Āl Abī Ṭālib. Dhawī al-Qurbá — 106-bet. ISBN 978-9646307292.
- ↑ Abu Al-Abbas Ahmad Bin Jab Al-Baladhuri. Kitab Futuh al-Buldan. Gorgias Press, 2000 — 111-bet. ISBN 1931956634.