Avogadro Amedeo
AVOGADRO (Avogadro) Amedeo (1776. 9.6–1856. 9.7) – italyan fizigi va kimyogari. Turin universiteti professori (1820). Avogadro Amedeo 1811-yilda molekulalar haqidagi keyinchalik tasdiqlangan moddalar tuzilishining molekulyar gipotezasini olgʻa surgan. U oʻsha yili keyinchalik uning nomi bilan atalgan qonun (qarang Avogadro qonuni)ni kashf etib, shu asosda molekula va atom ogʻirliklarini aniqlash usulini ishlab chiqqan. Universal doimiy – Avogadro soni Avogadro Amedeo nomi bilan ataladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |