Avstraliya — Ispaniya munosabatlari
Avstraliya va Ispaniya oʻrtasida diplomatik aloqalar mavjud. 2016-yilgi Avstraliya aholini roʻyxatga olishda 120 952 avstraliyalik ispan millatiga mansubligini daʼvo qilgan boʻlsa, 15 391 kishi Ispaniyada tugʻilganligini koʻrsatgan[1]. Ikkala davlat ham Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga aʼzo.
Avstraliya |
Ispaniya |
Mamlakatni taqqoslash
tahrirRasmiy nomi | Avstraliya | Ispaniya |
Bayroq | ||
Gerb | ||
Aholisi | 25,992,800 | 47,163,418 |
Hududi | 7,692,024 km² | 505,990 km² |
Aholi zichligi | 3.4/km² | 94/km² |
Poytaxti | Kanberra | Madrid |
Hukumat | Federativ Parlamentar konstitutsion monarxiya | Unitar parlamentar konstitutsiyaviy monarxiya |
Rasmiy tili | Ingliz tili | Ispan tili |
Diniy e'tiqodi | 43,9 % xristianlik, 38,9 % dinsiz, 3,2 % islom,
2,7 % hinduizm, 2,4 % buddizm, 1,7 % boshqalar, 7,2 % aniqlanmagan |
55,4% xristianlik
40,3% dinsiz 2,8% boshqalar 1,5% aniqlanmagan |
YaIM (nominal) | 1.748 trillion AQSh dollari (67,464 $ aholi jon boshiga) | 1.389 trillion AQSh dollari (29,198 $ aholi jon boshiga) |
Inson taraqqiyoti indeksi | 0,939 | 0.905 |
Xalqaro qoʻngʻiroq kodi | +61 | +34 |
Pul birligi | Avstraliya dollari | Yevro |
Tarixiy munosabatlar
tahrirYevropalik tadqiqotchilar tomonidan yangi materik Avstraliyaning kashf etilishi haqidagi dastlabki yozuvlar XVII asr boshlariga toʻgʻri keladi[2]. Biroq, avstraliyalik tadqiqotchi Lourens Hargravening taʼkidlashicha, Ispaniya XVI asrda Botanika koʻrfazida mustamlaka oʻrnatgan, bu vaqtda Terra Australisni topish uchun ekspeditsiyalar tashkil etilgan[3]. Keyinchalik, fransuz tarixchisi Rojer Ervening taʼkidlashicha, ispan karaveli San-Lesmes Avstraliyaning sharqiy qirgʻoqlariga yetgunga qadar Yangi Zelandiya va Tasmaniyaga yoʻnaltirilgan va hozirgi Keyp-York yaqinida portugallar tomonidan qoʻlga olingan[4]. Aslida, xuddi shunday gipoteza avstraliyalik tadqiqotchi Robert Adrian Langdon tomonidan ishlab chiqilgan[5]. 1606-yilda portugal tadqiqotchisi Keyrush ekspeditsiyasiga mansub ispan dengizchisi Luis Vaz de Torres Avstraliyaga duch kelgan birinchi yevropalik tadqiqotchilardan biri va oʻz sharafiga nomlangan Torres boʻgʻozining xaritasini birinchi boʻlib tuzgan[6]. 1793-yilda Malaspina ekspeditsiyasi 1788-yilda inglizlar tomonidan tashkil etilgan Yangi Janubiy Uels sohilidagi Port Jeksonga (Sidney) suzib keldi[7].
Dastlabki uchrashuvdan beri Avstraliya va Ispaniya oʻrtasidagi munosabatlar XX asrgacha rivojlanmagan. 1936-yildan 1939-yilgacha Ispaniyada Respublikachilar fraksiyasi va millatchilar fraksiyasi oʻrtasida fuqarolar urushi boshlandi. Avstraliya mojaro paytida rasman betaraf boʻlgan. Biroq, 66 dan ortiq avstraliyaliklar koʻngilli boʻlib, Britaniya batalyonining bir qismi sifatida Ispaniyadagi Respublikachilar fraksiyasi uchun kurashdilar[8].
Ikki tomonlama munosabatlar
tahrir1967-yil 26-oktyabrda Avstraliya va Ispaniya rasmiy ravishda diplomatik munosabatlar oʻrnatdilar. 1968-yil may oyida Ispaniya Avstraliya poytaxti Kanberrada elchixonasini ochdi[9]. 1988-yil iyun oyida Ispaniya qiroli Xuan Karlos I Avstraliyaga rasmiy tashrif bilan keldi[10]. 2017-yil iyul oyida ikki davlat oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 50 yilligi nishonlandi[11].
Yillar davomida har ikki davlat koʻplab ikki tomonlama shartnomalarni imzoladilar, masalan, ekstraditsiya shartnomasi (1987); Madaniy, taʼlim va ilmiy hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim (1991); Ikki tomonlama soliqqa tortishning oldini olish va soliq toʻlashdan boʻyin tovlashning oldini olish toʻgʻrisidagi bitim (1992); Ijtimoiy taʼminot toʻgʻrisidagi bitim (2002); Havo qatnovi toʻgʻrisidagi shartnoma (2009) va ish taʼtili vizasi shartnomasi (2014)[9]. 2018-yilda Avstraliya kuni munosabati bilan ikki davlat oʻzaro munosabatlarni barcha sohalarda kengaytirish va oʻzaro mustahkamlash maqsadida aloqalarning 50 yilligini nishonladi[12]. Ikki davlat oʻrtasida doʻstona va strategik munosabatlar rivojlanmoqda[13][14][15].
2022-yil 28-iyun kuni Avstraliya bosh vaziri Entoni Albaneze Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches bilan La Monkloada uchrashdi (Avstraliya bosh vazirining Ispaniyaga birinchi rasmiy tashrifi doirasida), Ispaniyaning yuqori darajadagi savdo delegatsiyasini Avstraliyaga yuborish toʻgʻrisida kelishib olindi. Avstraliya va Yevropa Ittifoqi oʻrtasida „keng qamrovli“ Savdo bitimini tezda tuzilishi ikki davlatning sodiqligini tasdiqladi[16].
Yuqori darajadagi tashriflar
tahrirAvstraliyadan Ispaniyaga yuqori darajadagi tashriflar[17]:
- General-gubernator Kventin Brays (2011)
Ispaniyadan Avstraliyaga yuqori darajadagi tashriflar[18]:
- Ispaniya qiroli Xuan Karlos I (1988, 2009)
- Ispaniya valiahd shahzodasi Felipe VI (1990)
- Bosh vazir Mariano Raxoy (2014)
Savdo aloqalari
tahrir2017-yilda Avstraliya va Ispaniya oʻrtasidagi savdo hajmi 3,4 milliard AQSh dollarini tashkil etdi[1]. Ispaniyaga Avstraliya tovarlari eksporti 697 million dollarga baholangan boʻlib, ular orasida koʻmir, boshqa rudalar va konsentratlar, meva va yongʻoqlar, elektron integral mikrosxemalar mavjud. Ispaniya tovarlarining Avstraliyaga eksporti 2 milliard dollarga baholangan, eng katta import tovarlari yoʻlovchilar uchun moʻljallangan avtotransport vositalari, dori-darmonlar (shu jumladan veterinariya), qattiq oʻsimlik moylari va yogʻlar, shuningdek, rezina shinalar, protsessorlar va naychalardir[1]. 2016-yilda Avstraliyaning Ispaniyaga kiritgan sarmoyasi 5,1 milliard AQSh dollarini tashkil etdi va shu bilan birga, Ispaniyaning Avstraliyaga kiritgan sarmoyasi 948 million AQSh dollariga yetgan[1].
Doimiy diplomatik vakolatxonalar
tahrir- Avstraliyaning Madridda elchixonasi bor[19].
- Ispaniyaning Kanberrada elchixonasi va Melburn va Sidneyda bosh konsulliklari bor[20].
-
Madriddagi Avstraliya elchixonasi joylashgan Torre Espacio
-
Ispaniyaning Kanberradagi elchixonasi
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 Department of Foreign Affairs and Trade:Spain
- ↑ Australian Department of Foreign Affairs and Trade. „Ancient heritage, modern society“. 30-may 2005-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Inglis, Amirah „Hargrave, Lawrence (1850—1915)“, . Lawrence Hargrave. Australian National University (ANU), 1983.
- ↑ „San Lesmes, el barco que cambiará la historia“ (Spanish) (11-fevral 2022-yil).
- ↑ Langdon, Robert. The Lost Caravel. Pacific Publications, 1975. ISBN 978-0-85807-021-9.
- ↑ Torres, Luis Vaez de
- ↑ Robert J. King, The Secret History of the Convict Colony: Alexandro Malaspinaʼs report on the British settlement of New South Wales, Sydney, Allen & Unwin Australia, 1990. ISBN 0-04-610020-2
- ↑ Australian Participation in the Spanish Civil War
- ↑ 9,0 9,1 Bilateral relations between Spain and Australia (in Spanish)
- ↑ El Rey visita en Brisbane la Expo anterior a la de Sevilla (in Spanish)
- ↑ Australia-Spain 50 years of diplomatic relations
- ↑ „Australia y España brindan por el futuro de sus relaciones bilaterales“ (25-yanvar 2018-yil).
- ↑ „Australian Embassy in Spain“.
- ↑ „Spain-Australia Council Foundation“.
- ↑ „Australia quiere entrar en la historia de España“ (13-fevral 2021-yil).
- ↑ „Sánchez acuerda con el primer ministro australiano enviar una delegación comercial de alto nivel este año a su país“. Europa Press.
- ↑ The Prince and Princess of Asturias lunch with the Governor-General of Australia
- ↑ El Príncipe invita al primer ministro de Australia a visitar España (in Spanish)
- ↑ Embassy of Australia in Spain
- ↑ „Embassy of Spain in Australia“. 2018-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-noyabr.