Avtofazalash
Avtofazalash – siklik tezlatgichlarda katta energiyali zaryadlangan zarralar dastasining orbitada turgʻunligini ta’minlash uchun zarralar guruhining oʻrtacha aylanish chastotasini tezlashtiruvchi oʻzgaruvchan elektr maydon chastotasiga avtomatik tarzda tenglashtirib turish. Avtofazalash prinsipini 1944-yilda rus fizigi V.I.Veksler va mustaqil ravishda 1945-yilda amerikalik olim E. Makmillan taklif etgan. Avtofazalash asosida tezlatgichlarning quyidagi asosiy turlari: sinxrotron va mikrotron –elektronlar tezlatgichi, fazatron (sinxrotsiklotron) va sinxrofazatron – protonlar tezlat-gichi ishlab chiqilgan. Juda katta (yuzlab va undan yuqori) energiyada ishlaydigan barcha siklik tezlatgichlar Avtofazalash asosida loyihalangan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |