Avtogenez
Avtogenez (avto... va yun. genesis – tugʻilish, paydo boʻlish) – evolyutsion ta’limotdagi idealistik konsepsiya. Avtogenez ta’limotiga binoan evolyutsiya organizmlarning dastlabki ichki potensial imkoniyatlari asosida yuz beradigan, oldindan belgilab qoʻyilgan jarayondan iborat. Avtogenezorganizmlarning tarixiy va individual rivojlanishini faqat ichki, avtonom omillar ta’siri deb tushuntiradi. J.B.Lamarkning gradatsiya, G. Os-bornning aristogenez, E. Kopning batmogenez, T. Eymerning ortogenez, L. S. Ber-gning nomogenez nazariyalari avtogene-tik xususiyatlarga ega. Avtogenez ta’limotining tarafdorlari evolyutsiyaning avtogenetik mohiyatini isboti tariqasida evolyutsiyadagi parallelizm va konvergensiya hodisalarini dalil qilib koʻrsatishadi. Avtogenez ektogenezga qarshi qoʻyiladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |