Avtokataliz
Avtokataliz (avto… kata-liz) – reaksiya jarayonida katalitik taʼsir etuvchi soʻnggi yoki oraliq mahsulotlarning toʻplanishi natijasida reaksiyaning tezlashishi. Reaksiya mahsuloti – sirka kislota SN3SOON va uning elektrolitik dissotsiatsiyasi natijasida hosil boʻlgan NQ ioni reaksiyani tezlashtiradi. Avtokatalitik reaksiya tezligi avval katalizator sifatida taʼsir etuvchi mahsulot miqdorining ortib borishi sababli keskin ravishda oʻsib, soʻngra reaksiya jarayonida boshlangʻich moddalarning sarfi oshib borishi tufayli susayadi. Reaksiyaning boshlangʻich moddalaridan biri katalizator sifatida ishtirok etganda ham goho „A“ termini qoʻllanadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |