Avtokratiya
Avtokratiya (yun. autos – oʻzim, kratos – hokimiyat) – yakka shaxsning hech qanday qonun, huquqiy me’yorlar bilan cheklanmagan yagona hokimligi. Qadimgi Sharq, Yunoniston, Rim imperiyalari, oʻrta asr Yevropasi mutlaq monarxiya tuzumi, kommunistik va fashistik diktatura davrida Avtokratiya davlatning muhim belgisi boʻlgan (yana qarang Totalitarizm).[1]
ManbalarTahrirlash
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |