Avtoliz
Avtoliz, autoliz (avto va yun. lisis – yemirilish, parchalanish) – oʻsimlik yoki hayvon organizmidagi toʻqimalarning oʻz-oʻzidan parchalanishi. Avtoliz organizmdagi oqsil, uglevod, yog kabi murakkab moddalarning turli fermentlar ta’sirida parchalanishi tufayli sodir boʻladi. Avtolizda, asosan oʻlgan organizmdagi toʻqimalar yemiriladi yoki tirik organizmning ba’zi a’zolaridagi toʻqimalardan ma’lum bir qismi biror sababga koʻra (mas, xavfli oʻsmalarda) parchalanadi. Oʻsimliklarda avtoliz hujayraning past temperatura ta’sirida, quritilganda, zaharli moddalar (xlo-roform, toluol va boshqalar) ta’sir etib qurib qolganida, shuningdek toʻqimalarni mexanik usulda maydalaganda roʻy beradi. Avtoliz ba’zi texnologik jarayonlarda, tamaki, choyni fermentlashda, yem-xashakni siloslashda ham sodir boʻladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |