Avtomatik nazorat – avtomatik xabarlash, oʻlchash va rostlash asbo-blari yordamida turli ishlab chiqarish jarayonlarini odam ishtirokisiz tartibga solib turish va qayd qilib borish. Avtomatik nazorat texnolo-gik jarayon parametrlari (qiymatlari)ning oʻzgarishiga binoan mashina va apparatlarning boshqarish va tartibga solish organlariga tez va aniq ta’sir etishini ta’minlovchi asosiy vositalardan biri. Avtomatik nazoratda oʻlchash asboblari nazorat qilinayotgan parametrlarning qiymatlarini diagrammalarga yozib bo-radi yoki texnologiya jarayonini tartibga soluvchi, detallarni saralovchi va boshqa moslamalarga ta’sir etadi. Bunga dif-ferensial oʻlchash usuli, oʻrnini qoplab oʻlchash usuli, koʻpriksimon oʻlchash usuli va nol oʻlchash usulini qoʻllab erishiladi. Bu usullarning hammasi oʻlchash ja-rayonini pnevmatik (havo) yoki elektrik avtomatlashtirishga imkon beradi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil