Avtomatik rostlagich
Avtomatik rostlagich – biron bir ob’ektning ish maromini (mas, stanokning tezligini) avtomatik tarzda rostlab turadigan qurilma. Avtomatik rostlagich ob’ektga va rostlovchi organga ulanadi. U quyidagi qismlardan iborat: 1) qabul qiluvchi organ; rostlanuvchi parametr miqdorining oʻzgarishini sezadi; 2) oraliq zveno; qabul qiluvchi qism harakatini kuchaytirib yoki oʻzgartirib, ma’lum qonuniyat asosida ijro etuvchi organga uzatadi; 3) ijro etuvchi organ; rostlovchi organga ta’sir etadi. Rostlanuvchi parametrga qarab bosimni, temperaturani, namlikni, tezlikni, kuchlanishni, chastota va boshqalarni rostlovchi Avtomatik rostlagichlar boʻladi. Ijro etuvchi organining harakatlanish usuliga qarab Avtomatik rostlagich mexanik (shu jum-ladan, gidravlik, pnevmatik) va elektr xillarga ajraladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |