Avtomatik tutashtirish (kosmonavtikada) – kosmik apparatlar orbitaga alohida-alohida chiqarilgandan soʻng ularni avtomatik usulda ulash. Kosmik apparatlarni orbitada ta’mir-lash, kosmik stansiyalarni orbitada yigʻish, yonilgʻi, yordamchi jihoz va raketalar bilan ta’minlash, avariya holatlari yuz ber-ganda kosmonavtlarni qutqarish va boshqalarga imkon beradi. Avtomatik tutashtirish texnik jihatdan juda murakkab ish boʻlib, kosmik apparatlar orbitaga chiqarilganda ularning orbita tekisliklari ustma-ust tushishini, apparatlarning bir-biriga qattiq urilib ketmasligini, bir-biriga tomon juda 129aniq va ohista yoʻnaltirilishini ta-lab qiladi. Bu ishlar Yerdagi maxsus stansiyalardan yoki kosmonavtning boshqarish pultidan boshqarib turiladi. Dunyoda birinchi marta 1967-yil 27 va 30-oktabrlarda uchirilgan Yer sun’iy yoʻldoshlari – "Kosmos-186" va "Kosmos-188" avto-matik tarzda ulandi. Ular ulangan holda 3 yarim soat davomida Yer atrofida ikki marta aylanib chiqqandan soʻng yana aj-ratilib,-31-oktabrda "Kosmos-186" Yerga qoʻndirildi. Keyinchalik "Soyuz", "Salyut" va amerika "Apollon" dasturidagi kosmik kemalar tutashtirildi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil