Avtomatizm

va A. tuflashlar. oʻz oʻzidan jirkanish lar va h.k

Avtomatizm – 1) psixologiyada – insonning ong nazoratisiz bajara-digan harakatlari. Avtomatizm birlamchi va ikkilamchi boʻladi. Nafas olish, yoʻtalish, aksa urish kabi oʻz-oʻzidan boʻladigan harakatlar birlamchi Avtomatizmdir. Ikkilamchi avtomatizm dastavval ongli va muntazam harakatlarni mashq qilib takrorlash natijasida paydo boʻladi (masalan, yurish). Avtomatizm malaka va odatlarni yaratadi. 2) fiziologiyada – organ yoki ayrim hujayralarning tashqi sabablarga bogʻlanmay ritmik, davriy yoki no-davriy ishlash qobiliyati (hatto organizmdan ajratib olingan yurak va ichak qovuzlogʻining qisqarishi, ba’zi epiteliy hujayralari "kipriklari"ning hilpillashi, oʻsimlik hujayralaridagi protoplazma harakati va hokazo).

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil