Avtomatlashtirish texnika vositalari
AVTOMATLASHTIRISH TEXNI-KA VOSITALARI – turli jarayonlarni avtomatlashtirishga imkon beruvchi asbob va qurilmalar. Vazifasi: a) texnologiya jarayonidagi parametrlarning oʻzgarishi haqida nazorat signallarini qabul qilish, b) axborotni uzatish, v) axborotni oʻzgartirish va saqlash, uni dasturdagi axborot bilan taqqoslash va buyruq axborotini tuzish (axborotni ishlab chiqish), g) buyruq axborotini tex-nologik jarayonga tatbiq qilish. Nazorat axborotni qabul qilish vositalari (as-boblar, qurilmalar, datchiklar) nazorat qilinuvchi parametr ta’sirini sezuvchi va shu parametrni mexaniq issiqlik, op-tik va elektr parametrlarga aylantirib beruvchi organlardan iborat. Axborotni uzatish vositalari – aloqa liniyalari. Datchiklardan chikadigan signallar aloqa liniyalari orqali uzatiladi. Sig-nallarni uzoq masofaga uzatish uchun datchikdan chiqadigan signallar maxsus oʻzgartirgichlar yordamida uzatishga mos shaklga keltiriladi. Axborotni ishlab chiqish vositalari – registratorlar (qayd qilgichlar), signalni oʻzgartiruvchi qurilmalar, hisoblash jihozlari va mashinalari, boshqarish va taqsimlash qurilmalari, kommutatsiya (oʻzgartirish) uskunalari. Buyruq (komanda) axborotini uzatish vositalari, asosan, nazorat ax-borotni uzatish vositalariga oʻxshaydi. Axborotni texnologiya jarayoniga tatbiq etuvchi qurilmalar – buyruq signalini kuchaytiruvchi, uni ijro etuvchi elementlar va rostlovchi organlardan iborat.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |