Avtosalon– avtomobillar yangi modellari namoyish etiladigan va sotiladigan koʻrgazma (yoki uning bir boʻlimi). Oʻzbekistonda A.lar aso-san 1994-yildan boshlab ochila boshlagan. A. larning asosiy qismi Oʻzbekiston avtomobilsozlik korxonalari uyushmasi ("Oʻzavtosanoat") va maishiy xizmat tizimidagi "Oʻzavtotexxizmat" aksi-yadorlik jamiyatining viloyatlardagi hududiy boʻlinmalariga qaraydi. 1999-yilda Oʻzbekistonda 77 A. ishladi. Toshkent shahrida 16 A. ishlab turibdi.A. larda Asaka avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan "Neksiya", "Damas" va "Tiko"avtomobillari, shuningdek, "Fiat" (Italiya), "Shevrolet", "Kadil-lak", "Kraysler" (AQSH), "Kartal", "Da-gan", "Iveko", "Karson" (Turkiya) singa-ri xorijda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar, avtobuslar, ularning ehtiyot qismlari va boshqa ham namoyish qilinadi. Ayrim A. larda sotuvga chiqarilgan avtomobillarni sotuv oldi koʻrigini oʻtkazish, qismlarini sotishga buyurtma qabul qilish, servis va sotuv oldi xizmatlari yoʻlga qoʻyilgan.Baxtiyor Avazov.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil