Avtotransformator — transformatorlarning bir turi. Chulgʻamlari bir-biriga galvanik tarzda tutashtirilgan boʻladi. Oddiy transformatorlar kabi, bir fazali va koʻp fazali, kuchaytiruvchi va pasaytiruvchi xillari bor. Avtotransformatorlar rele himoyasi va laboratoriya ishlarida, radio va televideniya zanjirlarida keng qoʻllanadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil