Avtovokzal – shaharlararo avtobus liniyalarining oxirgi va oraliq punktlarida yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatadigan inshootlar majmui. A. bi-nosida yoʻlovchilar zali, dispetcherlik 120xonasi, omonatxonalar, kasallar, bolalar xonalari va boshqa; perronlar boʻladi. Avtobuslar harakatini boshqarib turish uchun A. avtosignalizatsiya, radioaloqa va televizon qurilmalar bilan jihozlanadi (yana qarang Vokzal). Oʻzbekistondagi hamma katta shaharlarda A. bor. Toshkentda "Toshkent" va "Samarqand" A.lari fa-oliyat koʻrsatmoqda. Oʻzbekistonda 27 ta A., 120 ta avtostansiya mavjud (1999).

Avtovokzal

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil