Axalsixe
Axalsixe – Gruziya Respublikasidagi shahar. Aholisi 17903 kishi (2014). Axalsixe stansiyasi. Batumi, Axalqalaki va Borjomiga boradigan avtomobil yoʻllarining tuguni. Qoʻngʻir koʻmir qazib olish rayoni markazi. Krax-mal, pivo, gips, gʻisht, taxta tilish, vino zavodlari, goʻsht kombinati, mebel fabrikasi, pedagogika va tibbiyot bilim yurtlari, qishloq xoʻjaligi texnikumi, teatr, oʻlkashunoslik va tarix muzeylari bor. A. balneologiya kurorti. 12-asrdan ma’lum.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |