Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi

Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi (qisqartmasi: Oʻzkomnazorat) – Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi – davlat va xoʻjalik boshqaruvi tizimi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, pochta va davriy matbuot nashrlarining tarqatilishi, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishda amaldagi normalar va qoidalar bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish bilan shugʻillanadigan Respublika boshqaruv organi[1].

Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi
Qisqartma "O'zkomnazorat" Inspeksiyasi
Turi Respublika boshqaruv organi
Maqomi Amalda
Ishga tushgan sanasi 1991-yil 1-fevral
Joylashuvi Toshkent shahri, Labzak ko'chasi, 136-uy
Hududiy xizmati Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Boshliq Aʼzam Abdullayev
Bosh mahkamasi Inspeksiya
Vebsayti gis.uz/ozkomnazorat/history
Til(lar)i Oʻzbek, Rus

Tarixi

tahrir

Davlat aloqa inspeksiyasi davlat organi sifatida Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 16-yanvardagi 13-son qarori va Aloqa Vazirligining buyrugʻi asosida 1991-yilning 1-fevral kuni tashkil etilgan[2].

Faoliyati

tahrir

Aloqa inspeksiyasi oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va farmoyishlariga, Butunjahon pochta uyushmasi konvensiyasi va bitimiga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilgan holda olib boradi.

„Technocorp markazi“

tahrir

„Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi“ MCHJ (qisqartmasi: Technocorp) Prezidentning 2019-yil 14-sentabrdagi „Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi PQ-4452-son qarori asosida „Oʻzkomnazorat“ Inspeksiyasi huzurida tashkil etilgan[3].

Rahbarlari

tahrir

1991—1997-yillarda Islomov Shavkat Shukurovich

1997—2000-yillarda Ziyoyev Gʻolibsher Meliboyevich

2000—2001-yillarda Rustamova Muborak Xoshimovna

2003—2009-yillarda Abidxodjayev Shomansur Shoyusupovich

2009—2011-yillarda Atamuhamedov Shuhrat Muhamadaminovich

2012—2012-yillarda Abidxodjayev Shomansur Shoyusupovich

2013—2017-yillarda Umarxodjayev Farxod Tilyamuratovich

2017—2018-yillarda Isbosarov Agzam Faxriddinovich

2018—2019-yillarda Tursunov Rovshan Xamidullayevich

2019—2020-yillarda Xodjayev Asadjon Azatbekovich

2020—2022-yillarda Ziyoyev Gʻolibsher Meliboyevich

2022-yildan Abdullayev Aʼzam Abdushukurovich

Manbalar

tahrir
  1. https://lex.uz/docs/-4071401 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 2018-yil 21-noyabr PQ-4024-son, Lex.uz
  2. https://gis.uz/ozkomnazorat/history Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori, 1991-yil 16-yanvar, Lex.uz
  3. https://lex.uz/docs/-4665548 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 2019-yildagi 14-sentabrdagi PQ-4452-son Lex.uz

Havolalar

tahrir