Axiliya (yun. a – inkor qushimchasi va chylos – shira) – ovqat hazm qilish suyuqliklari boʻlmasligi me’da A.si– me’da shirasining yoʻq boʻlishi, me’dada xlorid kislota va fermentlar ishlab chikarilmasligi; pankreatik A. – me’da osti bezi tashqi sekresiyasining hosil boʻlmasligi. A. me’da va boshqa a’zolarning kasalliklari natijasida, mas, me’da bezlari atrofiyasi (organik A.) yoki ogʻir ruhiy kechinmalar, me’da bezlari ne-rviga zararli moddalar ta’sir qilishi oqibatida me’da hazm faoliyatining za-iflashishi sababli (funksional A.) ruy beradi. A. zoʻrayganda ovqat hazm boʻlishi qiyinlashadi, xususan goʻsht va oqsilli ovqatlar yeyilganda me’dada hazm boʻlmay, ichakka oʻtadi, natijada ichakka zoʻr kelib, uning ishi oʻzgaradi (ich dam boʻlib, ogʻrib turadi, ich suradi va hokazo). A.da bemorlarga me’da shirasi, xlorid kislota, pepsin, vitamin S (meva va sab-zavot sharbati, na’matak, qora smorodina damlamasi), vitamin V,, V2 (nuxat, jigar preparatlari – ekstrakt, kampolon) be-riladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil