Ilgizar Zalyalovich Axmetov (1929.1.1, Tatariston Respublikasi Kukmora tumani Oluyaz qishlogʻi) – biolog, Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi (1999), biologiya fanlari doktori (1985), professor (1990). Oʻzbekiston davlat universitetini bitirgan (1956). Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Qishloq xoʻjaligi (1956–58), Oʻzbekiston chorvachilik (1958–67), Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Zoologiya va parazitologiya ilmiy tadqiqot institutlarida ilmiy xodim (1956–87), Guliston davlat universiteti umumiy biologiya kafedrasi mudiri (1987–99), 1999-yildan kafedra professor Oldin qoramollar fiziologiyasi va biokimyoviy xususiyatlarini oʻrganish asosida ular mahsuldorligini oshirish, keyinchalik Oʻrta Osiyo yovvoyi kemiruvchi hayvonlarining ekologik, fiziologik, morfologik xususiyatlari ustida tadqiqot ishlari olib borgan[1].

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil