Axtam Oʻrolov
Axtam Sindorovich Oʻrolov (1947-yil 13-aprel, Qoʻshrabot tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, arxitektura fanlari doktori (1998), professor (2018).
Axtam Sindorovich Oʻrolov | |
---|---|
Tavalludi |
13-aprel 1947-yil Qoʻshrabot tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | arxitektor |
Sohasi | arxitektura |
Taʼlimi | Toshkent politexnika instituti |
Ilmiy darajasi | arxitektura fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Biografiyasi
tahrirAxtam Oʻrolov 1947-yil 13-aprelda Qoʻshrabot tumanida tug‘ilgan[1]. 1969-yilda Toshkent politexnika institutini arxitektura mutaxasisligi bo‘yicha bitirgan. 1969—2017-yillarda Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti arxitektura fakultetida assistent, dotsent, professor, kafedra mudiri, fakultet dekani lavozimlarida ishlagan. 2017-yildan ushbu institutning „Arxitekturaviy loyihalash“ kafedrasi professori.
Ilmiy faoliati
tahrirAxtam Oʻrolov 1976-yilda Lelingrad muhandislik-qurilish institutida arxitektura fanlari bo‘yicha nomzodlik dissertasiyasini himoya qilgan. 1998-yili Toshkent arxitektura-qurilish institutida doktorlik dissertasiyasini himoya qilgan. 2018-yilda professor ilmiy unvoni berilgan. 350 dan ziyod ilmiy ishlar, shu jumladan, 14 ta monografiya, 6 ta darslik, 11 ta o‘quv qo‘llanmalar muallifi.
Manbalar
tahrir- ↑ Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342-bet.