Axvirpat
Sugʻdda 5 – 8-asrlarda mavjud boʻlgan ijtimoiy atama
Axvirpat – Sugʻdda 5 – 8-asrlarda mavjud boʻlgan ijtimoiy atama. Hokimlarning sayisxona (otxona)si nozirini anglatgan. Ma’lum vaqtlarda A.lar siyosiy hayotda ham faol ishti-rok etganlar. Mas, Sugdning bir qismi – Qashqadaryo vohasida 7-asrga oid "ax-virpat" soʻzi yozilgan tangalar ham zarb qilingan. A. atamasi oʻrta asrlardagi miroxoʻr atamasi bilan almashgan. Mugʻqal’a hujjatlarida A.ga 50 draxma miqdorida maosh belgilanganligi qayd etilgan.
Adabiyotlar tahrir
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |