Aydilge Sarp (turkcha: Aydilge Sarp; 1979-yil 25-iyunda Kütahyada tugʻilgan) – turk qoʻshiqchisi, bastakor, shoira, yozuvchi va radio boshlovchisi hisoblanadi. U 1979-yil 25-iyunda Kütahya shahrida dunyoga kelgan. Aydilge Sarp koʻp qirrali ijodkor boʻlib, u qoʻshiqchilik, musiqa bastalash, sheʼriyat, adabiyot va radio sohalarida faoliyat yuritadi.

Aydilge
Tavalludi 1979-yil 25-iyun
Fuqaroligi  Turkiya

Yoshlik yillari

tahrir

Aydilge Sarp 1979-yil 25-iyunda Turkiyaning Kütahya shahrida tugʻilgan. Uning onasi Faika Ozer cherkas avlodiga mansub boʻlib, sheʼrlar va romanlar yozgan hamda oʻndan ortiq kitob nashr ettirgan[1][2]. Aydilge sakkiz yoshida TRT radiosining bolalar xoriga kirish imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan va 15 yoshigacha u yerda ishlab kelgan. 14 yoshida unga sovgʻa sifatida elektr gitara berilgach, qoʻshiqlar yaratishni boshlagan. Oʻrta maktabda oʻqiyotgan paytida barlarda chiqishlar qilgan. 2006-yilda Aydilge Anqaradagi Boshkent universitetining Amerika madaniyati va adabiyoti fakultetini imtiyozli diplom bilan tugatgan va Istanbulga koʻchib oʻtgan. Keyinchalik Istanbul universitetida radio, televideniye va kino yoʻnalishida taʼlim olgan.

Faoliyati

tahrir

1998-yilda Aydilge oʻzining birinchi hikoyalar toʻplamini „Kalemimin Ucundaki Düşler“ nomi bilan nashr ettirgan. 2002-yilda uning birinchi romani „Bulimia Sokağı“, 2004-yilda esa „Altın Aşk Vuruşu“ romani chop etilgan[3]. Aydilgening ilk musiqiy albomi „ Küçük Şarkı Evreni“ 2006-yil aprel oyida EMI kompaniyasi tomonidan chiqarilgan. Albomdagi qoʻshiqlar rok-musiqa va sharqona kuylarning uygʻunligidan iborat boʻlgan. Qoʻshiqlarning soʻzlari va musiqasini Aydilgening oʻzi yaratgan.

2019-yilda Aydilge teleserialining bir epizodida kichik (kameo) rolni ijro etgan.

Shahsiy hayoti

tahrir

2018-yil 19-iyunida Aydilge musiqachi Utku Barış Andaç bilan turmush qurgan.

Manbalar

tahrir
  1. ucankus.com „ÜNLÜ ŞARKICI YARIN EVLENİYOR! DÜĞÜNDE 3 GELİNLİK GİYECEK! - UçanKuş“ (tr). www.ucankus.com. 2019-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-oktyabr.
  2. „Aydilge kimdir, kaç yaşında? Ünlü şarkıcının eşi kim, nereli, Türk mü? Aydilge şarkıları ve hayatı“ (tr). Sabah. 2022-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-oktyabr.
  3. Aydilge Books at Antoloji.com (Wayback Machine saytida 2007-09-26 sanasida arxivlangan)