Aygʻoqchi, aygʻoq (oygʻoq), ayqoq (turkiycha – guvoh, isbotlovchi, maxfiy xabar yetkazuvchi) – 1) biror shaxs yoki ijtimoiy guruhga qarshi yolgʻon-yashiq ran yoyuvchi, igʻvo, tuhmat qilib kun kechiruvchi past, razil shaxs; 2) turkiy xalqlarda kishilar oʻrtasida sodir boʻlib turadigan janjallarni hal qilishda qatnashuvchi; bir yoki ikki guvohni ham Aygʻoqchi deyishgan; 3) oʻrta asrlarda (XIV–XVII-asrlar) harbiy safar chogʻida qoʻshin oldida boradigan razvedkachi kichik bir harbiy boʻlinma (yana qarang Ayyor, Razvedka).Amir Temur zamonida A. (ayqoq, aygʻoq) taftishchi ma’nosida ham qoʻllanilgani Nizomiddin Shomiyning "Zafarnoma"sida qayd etib oʻtilgan. Qoʻshin oldida boruvchi razvedkachi boʻlinma xabargiri deb ham atalgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil