Ayil – ot, eshak, xachirning egar-jabdugʻini maqkam tutib turadigan tas-ma. Uzunligi 1,5 m cha, eni 7–8 sm, ikki uchida toʻqasi boʻladi. Egar ustidan tortib bogʻlanadigani jun yoki ipdan toʻqiladi va ichki A. deyiladi. Egar toʻshagi ustidan uriladigani qayishdan yasalib, push-ton yoki bosma A. deyiladi. AYINSHIQ – kiyim bezagi; qoraqalpoq bolalari kiyimiga taqiladi. A. matodan uchbur-chak shaklda tayyorlanib, turli xil gulli kashtalar tikib bezatiladi, munchoqlar qadaladi. Keyinchalik unga kichkina tu-morcha ham qadab qoʻyish urf boʻlgan. A. qadimdan yosh bolalar yelkasiga taqilgan. Oʻtmishda qoraqalpoq ayollari ham A.dan bezak sifatida foydalangan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil