Ayiqoʻt
(Ayiqo‘tdan yoʻnaltirildi)
Ayiqoʻt (Tithymalus rapulum) – sutlamadoshlar oilasiga mansub tuga-nakli koʻp yillik oʻsimlik. Boʻyi 8–25 sm. Poyasi yakka, silindrsimon. Barglari mayda, yassi. Mevasi (koʻsagi)ning uz. 4–5 mm, shakli tuxumsimon. Martda gullab, iyunda meva beradi. Toshkent, Samarqand va Buxoro viloyatlaridagi adir va togʻ zonalarida oʻsadi. A.ning tu-ganaklarida 5% gacha smola va 0,5–0,6% kauchuk boʻlib, smola tarkibida uchuvchan zaharli modda bor. A.ning quritib may-dalangan yer osti qismi (tuganagi) xalq tabobatida sil kasalligini davolashda, shuningdek, surgi sifatida ishlatiladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |