Ayiqtovondoshlar (Ranunculaceae) – ikkipallalilar sinfining ayritojlilar kenja sinfiga mansub oʻsimliklar oilasi. A. asosan koʻp yillik (ba’zilari bir yillik) oʻt. Buta yoki chala buta turlari ham uchraydi. Bar-glari ketma-ket (ba’zi turlarida qarama-qarshi) oʻrnashgan, koʻpincha yon bargchasiz, panjasimon – oʻyma yoki qirqma, oddiy (ba’zilarida murakkab). Gullari ikki jinsli, koʻpchilik turlarida toʻgʻri (akti-nomorf), ayrim turlarida qiyshiq (zigo-morf). Gulqoʻrgʻoni oddiy yoki qoʻshqavat. Sallagul (Paeonia), suvyigʻar (Aquilegia), parpi (Aconitum), isfarak (Delphinium), ayiktovon (Ranunculus) kabi turkumlarga mansub oʻsimliklarning gulkosasi, koʻpchilik turlarida esa gultojlari ham besh bargli. Aksariyat turlarida changchi va urugʻchilar koʻp. Mevalari – bargak yoki yongʻoqcha, kamdan-kam hollarda koʻsakcha shaklida. A.ning 1500 ga yaqin turi bor. Tropik zonadan boshlab shimolidagi barcha mintaqalarda uchraydi. Markaziy Osi-yoda 200 dan ziyod turi (25 turkumi) bor. Oʻzbekistonda A.ning ayiktovon, isfa-rak, pufanak (Anemone), adonis (Adonis), suvyigʻar kabi turkumlariga mansub juda koʻp turlari oʻsadi. Ba’zilari, mas, sal-lagul, isfarak, suvyigʻar xushmanzara oʻsimlik, ayrimlari esa, mas, adonis, ayiqtovon, parpilar dorivor oʻsimlik. A.ning ayiqtovon, parpi singari tur-kumlariga mansub turlarning tarkibida zaharli moddalar (alkaloid va glikozidlar) bor. Shu sababli bundam oʻsimliklar oʻsgan oʻtloqlarda mol boqish xavfli.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil