Ayiqtovonlar
Ayiqtovonlar (Ranunculus) – ayiqtovondoshlar oilasiga mansub koʻp yillik (baʼzi turlari bir yillik)oʻt oʻsimliklar turkumi. Yer yuzida 600 ga yaqin turi, shu jumladan Oʻrta Osiyoda 65 turi bor; koʻproq sernam yerlarda, Oʻrta Osiyoda esa choʻl va adirlarda ham oʻsadi. A. poyasining uz. 15-45 sm, baʼzan 80 sm ga boradi; gullari sariq, toʻgʻri (ak-tinomorf), qoʻsh gulqoʻrgʻonli. Gulkosa va gultojisi 5 bargli, har bir tojbar-gning tagida qipiqsimon oʻsimta bilan yopilib turadigan shira bezi bor, changchi va urugʻchilari koʻp. Guloʻrni baʼzi turlarida tuksiz, boshqalarida sertuk. Barglari panjasimon oʻyma, poyaning pa-stidan yuqorisiga tomon maydalashib bo-radi. Mevasi apokarp va quruq (qarang Meed). A.ning Oʻzbekistonda 32 turi (koʻproq R. pinnatisectus, R. linerilobus, R. Severtzovii 238va b.) oʻsadi. Tarkibida zaharli modda – anemonol boʻlgani uchun A. li oʻtloqlarda mol boqish xavfli.
Morfologik tarifi: Ayiqtovondoshlar oilasi 50 turkum, 2000 turni birlashtirib, asosan kop yillik va bir yillik otlar, bazan chala butalar yoki lianasimon osimlikardan iborat. Oila vakillarining barglari oddiy, bolaklarga bolingan, poyada ketma- ket joylashgan. Gullari togri va notogri, gulqorgoni oddiy va qosh gulqorgonli yani kosacha va gultojibarglarga ega. Tugunchasi ustki. Gul qismlari ketma-ket, halqasimon bolib joylashgan. Mevasi bargakcha, topbargak, yongoqcha bazan rezavor meva yoki kosakcha. Ayiqtovondoshlar (Ranunculaceae) – ikkipallalilar sinfining ayritojlilar kenja sinfiga mansub osimlikar oilasi. Ayiqtovondoshlar asosan kop yillik (bazilari bir yillik) ot. Buta yoki chala buta turlari ham uchraydi. Barglari ketma-ket (bazi turlarida qarama-qarshi) ornashgan, kopincha yon bargchasiz, panjasimon – oyma yoki qirqma, oddiy (bazilarida murakkab).Ayiqtovondoshlarning 1500 ga yaqin turi bor. Tropik zonadan boshlab shimolidagi barcha mintaqalarda uchraydi. Markaziy Osiyoda 200 dan ziyod turi (25 turkumi) bor. Ozbekistonda Ayiqtovondoshlarning ayiqtovon, isfarak, pufanak (Anemone), adonis (Adonis), suvyigar kabi turkumlariga mansub juda kop turlari osadi. Bazilari, mas: sallagul, isfarak, suvyigar xushmanzara osimlik, ayrimlari esa, mas: adonis, ayiqtovon, parpilar dorivor osimlik. Ayiqtovondoshlarning ayiqtovon, parpi singari turkumlariga mansub turlarning tarkibida zaharli moddalar (alkaloid va glikozidlar) bor. Shu sababli bunday osimlikar osgan otloqlarda mol boqish xavfli.
Farmakologik xususiyatlari
tahrirAyiqtovonlar (Ranunculaceae) oilasiga mansub beloust akoniti (Aconitum leucostomum Worosch) va shimol akoniti (Aconitum septentrionale) oʻtlaridan olinadigan lappakonitin alkaloidini (boshqa yoʻldosh alkaloidlarni biroz aralashmasi bilan) bromvodorodli tuzi.
Preparatni aritmiyaga qarshi faolligi turli sabablar bilan bogʻliq boʻlgan yurak boʻlmachalari qorinchalarining ritmini buzilishlariga nisbatan namoyon boʻladi. Aritmiyaga qarshi taʼsir mexanizmi natriy ionlarini kardiomiositlarni ichga tez oqimini susayishi bilan bogʻliq. Preparat boʻlmachalar, Gisa tutami va Purkine tolalari boʻylab impulslarning oʻtkazilish tezligini, atrioventrikulyar tuguni boʻyicha oʻtkazilishiga taʼsir qilmasdan sekinlashtiradi. Sinus tugunini faoliyatiga taʼsiri ahamiyatsiz ifodalangan. Preparat salbiy inotrop taʼsirga ega emas, arterial gipotenziyani chaqirmaydi, oʻrtacha spazmolitik maxalliy ogʻriqsizlantiruvchi, analgetik va sedativ taʼsir koʻrsatadi.
Qoʻllanilishi
tahrirQorinchalar ustki va qorinchalar ekstrasistoliyasi, boʻlmachalarning, lipillashi va titrashi, paroksizmlari, paroksizmal qorinchalar usti (shu jumladan Volf-Parkinson-Uayt (WPW) sindromida) va qorinchalar taxikardiyasi (yurakning organik shikastlanishlar boʻlmaganida), shuningdek miokard infarkti fonidagi aritmiyalarda qoʻllanadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |