Ayirboshlash (iqtisodiyotda) – kishilarning mehnat faoliyati yoki mahsulotlarini oʻzaro almashtirishlari. A. iqtisodiy faoliyatning bir turi, ishlab chiqarish bilan isteʼmolni bir-biriga bogʻlab turuvchi vosita hisoblanadi. A. oʻziga xos maxsus faoliyat turi boʻlib, amaliyotda savdo-sotiqdan iboratdir. Bu faoliyat bilan maxsus kishilar guruhlari shugʻullanadilar. A.ning iqtisodiy aso-sini ijtimoiy mehnat taqsimoti tashkil etadi, xarakteri va shaklini ishlab chiqarish belgilaydi. Oʻz navbatida A. ham ishlab chiqarishning rivojlanishiga taʼsir koʻrsatadi.A. kishilik jamiyati tarixida ij-timoiy mehnat taqsimoti, dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullanadigan qabilalarning bir-biridan ajralishi tufayli kelib chiqdi. Ishlab chiqaruvchi kuchlar oʻsib, chorvachilik va dehqonchilik bilan shugʻullanadigan qabilalarda tay-yorlangan mahsulotlar ularning oʻz ehtiyojlaridan ortib qoladigan boʻldi, bu qabilalarda oʻzlari ishlab chiqara olmaydigan buyumlarga ehtiyoj oʻsa bosh-ladi. Shu davrda dehqonchilik va chorvachilik mahsulotini A. vujudga keldi. Bu A. tasodifiy harakterga ega edi. Mehnat taqsimoti chuqurlashib, hunarmandchilik qishloq xoʻjaligidan ajralib chiqqach, qishloq xoʻjaligi va hunar-mandchilik ixtisoslashgan bir necha tarmoqqa ajralib ketdi. Natijada ishlab chiqaruvchilar maʼlum turdagi mahsulot tayyorlashga oʻtdilar va ularni boshqa mahsulotlarga almashtirish bilan oʻz ehtiyojlarini qondira boshladilar. Keyinchalik ular A. uchun mahsulot tayyorlab, tovar ishlab chiqaruvchilarga aylandilar. A. ilgari tasodifan, oʻqtin-oʻqtin boʻlsa, keyinchalik, u muhim ishga, muntazam faoliyatga aylandi.Tovar ishlab chiqarishning oʻsishi va A.ning ken-gayishining paydo boʻlishiga olib keldi. Bir tovar ikkinchisi bilan pul yordamida bilvosita ayirboshlandi. Har xil to-varlarni miqdor jihatdan almashti-rishda ularning tabiiy xususiyatlari (shakli, rangi, ogirligi, hajmi) emas, balki ayirboshlash qiymati asos boʻladi. A. maʼlum nisbat va mutanosiblikda yuz beradi, yaʼni bir tovar boshqasiga maʼlum miqdoriy nisbatda ayirboshlanadi.Tarixan A.ning ikki turi mavjud: a) barter yoki natural A. Bunda bir tovar boshqasiga toʻgʻridan toʻgʻri, lekin ma’lum miqdoriy nisbatda ayirboshlanadi. Mas, bir qop bugʻdoy – 2 kg metall; b) tovar ayirboshlash yoki savdo-sotiq. Bunda bir tovar boshqasiga pul vositasida almashiladi. Tovar pulga almashganda sotish yuz bersa, shu pulga boshqa tovar xarid etilganda sotib olish yuz beradi. Har ikki amalning yaxlitligidan 236oldi-sotdi paydo boʻladi. Barter an’anaviy iqtisodiy tizimga xos, lekin xoʻjalik aloqalari izdan chiqqan, pul qadrsizlanib, oʻz obroʻsini yoʻqotgan kezlarda qaytadan paydo boʻladi.Tovar A. bozor iqtisodiyotiga xos, u A.ning ilgʻor hammabop usuli boʻlib, nafaqat milliy, balki xalqaro miqyosda ham amal qiladi.Ahmadjon Oʻlmasov.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil