Aylanma pech – yotiq silindr shaklidagi (dumaloq) sanoat pechi. Aylanma pech boʻylama oʻqi atrofida aylanadi yoki te-branadi. Metallarni suyuklantirish, materiallarni quritish, bolgʻalash yoki shtamplash uchun metall xom ashyoni qizdirish, metall buyumlarga issiqlik ishlovi berish, sement pishirish va boshqa maqsadlar uchun moʻljallangan. Pechning aylanib turishi natijasida issiqlik bir tekis taqsimlanadi, shuning uchun pechning ichki qoplamasi uzoqqa chi-daydi. Aylanma pechda material yoki buyumlar yonilgʻining yonish mahsulotlari, elektr toki yoki elektr yoyi bilan qizdiriladi. Quritish va issiqlik ishlovi berish (termik ishlash)da material pechning bir boshidan kiritilib, ikkinchi boshidan chiqariladi; bunday pechlar uzluksiz ish-lashi mumkin. Suyuklantirish Aylanma pechlari davriy ravishda ishlaydi, chunki shixta solish va suyuq me-tallni tushirish pay-tida pechni toʻxtatish kerak boʻladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil