Shaken Kenjatoyevich Aymanov (1914.15.2 – 1970.23.12) – qozoq aktyori va rejissyor Qozoq milliy badiiy kinosining boshlovchilaridan. 1933-yildan M.Avezov nomidagi Qozoq drama teatrida, 1940-yildan kinoda ishlagan. "Jambul", "Abay qoʻshiqlari", "Nayzatosh etagida" va boshqa filmlarda suratga tush-gan. Uning "Sevgi haqida qissa" fil-mi bilan Qozogʻistonda muntazam badiiy filmlar ishlash odat tusiga kirdi. Janr jihatdan xilma-xillik, milliylikka, muammolar ahamiyatiga e’tibor bilan filmlar ishlash A. ijodiga xos. Mashhur filmlari: "Sahro qizi" (K. Gakkel bilan hamkorlikda), "Biz shu yerda yashaymiz", "Otalar yeri", "Bir tumanda", "Atamanning tugatilishi" va boshqa 1984-yildan "Qozoqfilm" A. nomi bilan yuriti-ladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil