Ayniylik prinsipi – kvant mexanikannng asosiy qonuni. Ayniylik prinsipi ga muvofiq bir xil zarralarni bir-biridan farq qilish mumkin emas. Klassik mexanikada fizik xossalari (massasi, zaryadi va hokazo) ayniy (bir xil) boʻlgan zarralar oʻz xususiyatini yoʻqotmaydi. Mas, mazkur fizik tizimga kirgan zarralarni biror boshlangʻich vaqtda "raqamlab" va ularning oʻz tra-yektoriyasi boʻylab harakatini kuzata borib, keyingi istalgan vaqnda qayerda boʻlishini aniqlash mumkin. Kvant mexa-nikaning aniqsizlik prinsipiga asosan zarra (mas, elektron)ning trayektoriyasi degan tushuncha oʻz ma’nosini yoʻqotadi. Ammo bu yerda zarrani topish ehgimoli koʻzda tutiladi, binobarin, kvant mexa-nikada zarralarni "raqamlariga qarab" bir-biridan farq qilish, aynan bir xil zarralar harakatini alohida-alohida kuzatish mumkin emas. Fizik xossalari bir xil boʻlgan zarralar bir-biridan farqsizdir. Ayniylik prinsipi kvant mexanikaning mu-staqil prinsipidir. Bir xil zar-ralardan tashkil topgan tizimlarning kvant nazariyasida Ayniylik prinsipi ni kuyidagicha ta’riflash mumkin: ayniy zarralarning oʻrin almashinishi natijasida zarralar tizimining ichki oʻzgarish holatini hech qanday tajriba yordamida farq qilib boʻlmaydi va bunday holatni bitta fizik holat deb qaraladi. Ayniylik prinsipi Fermi – Di-rak statistikasiga boʻysunuvchi zarralar uchun Pauli prinsipoʻ shaklida tavsif-lanadi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil