Ayollar syorfingi tarixi XVII asrga borib taqaladi degan taxmin bor. Ayollarning syorfing bilan shugʻullanishi haqidagi eng qadimgi yozuvlardan biri malika Keleanohoanaʼapi’apiga tegishli boʻlib, u Kalea yoki Mauining syorf minadigan malikasi nomi bilan ham tanilgan. Mish-mishlarga koʻra, Kalea syorfingning peshqadami boʻlgan. Erkaklar va ayollarga qaraganda yaxshiroq syorf qila olgan. Bir necha asr oʻtgach, 1800-yillarning oʻrtalarida, Thrum’s Gawaiian Annual qadimgi Gavayidagi ayollar erkaklarnikiga qaraganda teng miqdorda va koʻpincha yaxshiroq suvda syorf qilishgan[1][2][3][4][5]. Soʻnggi 50 yil ichida ayollar sörfingi mashhurlikka erishdi[6].

Koko Xo Xantington-Bichdagi (AQSh) Vans US Open of Surfing 2015 musobaqasida.

Kelib chiqishi tahrir

Syorfingni kelib chiqishi Yangi Gvineyada boshlangan[7]. Bu koʻngilochar, qiziqarli va sarguzashtlarga boy sport turi boʻlgan. Syorfing okeanlarni oʻrganish va tabiatning bir qismi boʻlishdan zavqlanish uchun ishlatilgan. Yangi Gvineyadan Gavayi orollariga ga tarqalgan. Bu asosan Gavayi va uning atrofidagi orollarda qoʻllangani maʼlum. Keyinchalik boshqa qitʼalarga ham tarqaldi. Bu yevropaliklar tomonidan keng miqyosda qabul qilinmadi, chunki ular bemaqsad harakatlarini koʻrishdan zavqlanishgan boʻlsalar-da, uni oʻrganish uchun ish, mehnat va vaqt talab qilingan[8].

Burilish nuqtalari tahrir

Kaliforniyaning qizlari ayollar sörfinggini namoyish etishda katta rol oʻynadi[9]. Ular 1970-1980-yillarda odamlarni sportdan xabardor qilishda muhim rol oʻynagan.

Mintaqalar tahrir

Ayollar syorfingi butun dunyo boʻylab syorf qilish mumkin boʻlgan har qanday hududda mashhur. Butunjahon syorf ligasi dunyo boʻylab professional tayyorgarlikdagi ayollar uchun musobaqalar oʻtkazgan, jumladan, Gavayidagi Banzai Pipeline va Sunset Beach, Portugaliyadagi Peniche, Avstraliyadagi Bells Beach va Margaret River, Indoneziyadagi G-Land, Salvadordagi Punta Roka, Braziliyadagi Saquarema, Janubiy Afrikadagi Jeffri koʻrfazi va Kaliforniyadagi Quyi Trestles syorfing yulduzlarini kashf etgan hududlar hisoblanadi[10].

Soʻnggi yillarda syorfing musulmon dunyosi ayollari orasida mashhurlik kasb etdi[11][12][13][14][15][16].

OAVda syorfingchi ayollar tahrir

Surfingchi ayollar filmlarda, OAV da va bosma nashrlarda tasvirlangan. Syorfchi ayollarni oʻz ichiga olgan mashhur filmlar orasida Soul Surfer, Gidget, Blue Crush va Blue Crush 2 bor. Ayollar haqida unchalik mashhur boʻlmagan syorf videolari orasida Nike Leave a Message 6.0, Proximity The Movie (Stefani Gilmor ishtirokida), Master and Apprentice, Syorfdagi ayollar dunyoni qanday oʻzgartirmoqda va boshqalar kiradi[17].

Syorfchi ayollar tahrir

  • Bethany Hamilton — amerikalik syorfch, u hech qanday maqsadsiz shunchaki suzib yurgan paytida akula hujumiga uchragan va akula uning qoʻlini tishlagan. Shunday boʻlsa ham, syorfinglik faoliyatini toʻxtatmadi. U shug‘ullanishda davom etdi va hujumga uchraganidan keyin ham koʻplab musobaqalarda gʻolib chiqdi[18].

"Hujumdan keyin o‘rnimdan turib, syorf minib birinchi marta qo‘l silkitganimdan keyin his qilgan quvonchimni tasvirlash men uchun qiyin. Men ichimda juda minnatdor va xursand boʻldim. Baʼzida endi hech qachon bemaqsad bir ish qilolmaysiz degan shubha bir toʻlqinda yoʻqoldi".

  • Marj Kalxun Gavayida syorfing boʻyicha ildam ayol syorfchi. Kalxun syorfing boʻyicha birinchi ayollar chempioni hisoblanadi. Kalxun 2003-yilda shon-shuhrat zaliga kiritilgan[19].
  • Stefani Gilmor avstraliyalik professional syorfchi va Ayollar WSL World Tour boʻyicha etti karra jahon chempioni. Gilmor 9 yoshidan syorf qilishni boshladi.

    „Qoʻrquv — bu va oʻzingizni majburlash oʻrtasidagi nozik nuqta. Siz turtki berganingizda, albatta, yangi choʻqqilarga erishasiz. Ammo qoʻrquv yaxshi. Qoʻrquv bizni tirik saqlaydi. Agar bu bizda boʻlmaganida, biz aqldan ozish darajasidagi narsalarni qilgan boʻlardik va qiyin vaziyatlarga tushib qolardik“[20]

Adabiyotlar tahrir

    • Douglas Booth, " From Bikinis to Boardshorts: „Wahines“ and the Paradoxes of Surfing Culture ", Journal of Sport History, vol. 28, n°1, spring 2001, pp. 3-22.
    • A. Gabbard, Girl in the curl: A century of women in surfing, Seal Press, 2000.
    • (fransuzcha) Anne-Sophie Sayeux, " Femmes surfeuses, paroles d’hommes surfeurs : petits arrangements dans l’ordre des genres ", in L’Harmattan 2ème congrès international de la Société de Sociologie du Sport en Langue Française, L’Harmattan, Paris, 2007, pp.85-100.
    • L. Heywood, in Anita Harris (ed.), " Third-wave feminism, the global economy, and womenʼs surfing: Sport as stealth feminism in girls' surf culture ", Next Wave Cultures: Feminism, Subcultures, Activism, 2008.
    • Krista Comer, Surfer Girls in the New World Order, Duke University Press, 2010.

Manbalar tahrir

  1. „Why Are Surf Magazines Erasing Women?“. Theestablishment.co. 2016-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-mart.
  2. „Andrea Moller makes history for women's big wave surfing“. Surfer. Qaraldi: 2016-yil 22-mart.
  3. „Inside the Curl: Surfing's Surprising History“. National Geographic. Qaraldi: 2016-yil 22-mart.
  4. „Coco Ho On The State Of Women's Surfing“. Surfing Magazine. Qaraldi: 2016-yil 22-mart.
  5. Warshaw, Matt. The Encyclopedia of Surfing - Matt Warshaw, 2005. ISBN 0156032511. 2016-yil 23-martda qaraldi. 
  6. Harriet Agerholm. „Girls in Bangladesh are expected to work or marry. These girls surf instead“. The Independent (2016-yil 6-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 10-sentyabr.
  7. Ahrens. „A short history of women's surfing – The Coast News Group“. Thecoastnews.com (2016-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 27-oktyabr.
  8. Isaiah Walker. „Womentum: The Women's Movement (in Context)“. The Inertia (2011-yil 5-iyul). Qaraldi: 2016-yil 27-oktyabr.
  9. „History of Women's Surfing : The California Golden Girls“. Historyofwomensurfing.com. Qaraldi: 2016-yil 27-oktyabr.
  10. „2022 Women's Championship Tour Event Schedule“ (2022-yil 17-aprel).
  11. „Bangladeshi surfer girls go against the cultural tide“. Los Angeles Times (2016-yil 10-aprel). Qaraldi: 2016-yil 10-sentyabr.
  12. „Iran's New Revolution“. Mpora. Qaraldi: 2016-yil 22-mart.
  13. „In Iran, where the women school the men on surfing“. Public Radio International (2015-yil 18-iyun). Qaraldi: 2016-yil 23-mart.
  14. „Muslim women making waves and breaking stereotypes“. Drift. Qaraldi: 2016-yil 10-sentyabr.
  15. „Riding the Wave of Feminism: Meet the Female Surfers of Iran“. Vice. Qaraldi: 2016-yil 10-sentyabr.
  16. „Iran's Female Surf Pioneers“. Surfer (2014-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 10-sentyabr.
  17. Jachimek. „Top 17 Women's Surf Movies“. Independent Surfer (2021-yil 1-may). 2022-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-dekabr.
  18. „The inspirational quotes by Bethany Hamilton“. Surfertoday.com (2003-yil 31-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 27-oktyabr.
  19. „Entries – Calhoun Family – Encyclopedia Of Surfing“. Encyclopediaofsurfing.com. 2017-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-dekabr.
  20. „TOP 11 QUOTES BY STEPHANIE GILMORE“. A-Z Quotes (1988-yil 29-yanvar). Qaraldi: 2016-yil 27-oktyabr.