Syorfing
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Syorfing – suv sport turlaridan biri boʻlib, unda bir kishi, syorfchi syorfing taxtasida suv toʻlqini boʻylab oldinga yoki yuzasiga qarab tik oyoqda harakatlanib boradi. Odatda syorfing uchun toʻlqinlar hajmi va yoʻnalishiga koʻra, syorfing taxtalari esa shakli va oʻlchamiga koʻra bir necha turga ajratiladi. Bugungi kunga kelib, syorfing bilan shugʻullanish uchun nafaqat dengiz qirgʻoqlaridagi tabiiy toʻlqinlardan, balki yopiq, sunʼiy havzalardan ham foydalanish mumkin.
Zamonaviy syorfing bir necha sport turlariga boʻlingan: qisqa taxtalik syorfing, uzun taxtalik syorfing, kite syorfing, shamol syorfingi va hokazo.
Oʻzbekistonda syorfing[1] nisbatan yangi sport turi hisoblanadi. Shu sababdan hozirgacha professional jamoa shakllanmagan. Lekin, xorijda doimiy yashovchi bir necha yuzlab Oʻzbekistonliklar syorfing bilan havaskor sifatida shugʻullanib kelishadi[1]. Bugungi kunga kelib SACA [2] (Surfing Association of Central Asia[3]) taʼsis jarayonida. Bu assotsiatsiyaning asosiysi maqsadi, bugungi kunga kelib syorfing bilan shugʻullanib kelayotgan Markaziy Osiyolik havaskorlarni jamlab professional jamoa tuzish, va nufuzli xalqaro musobaqalarda qatnashishdir.
Kelib Chiqishi
tahrirSyorfing tarixi taxminan 3-5 ming yil oldin qadimgi Peru qirgʻoqlarida qamishdan yasalgan kayakka oʻxshash suv kemalarida (mochica) baliq ovlagan baliqchilarga borib taqaladi[4]. Ular qamish taxtalardan foydalanib yaqin toʻlqinlar ustida harakatlanish orqali baliq ovlashgan. Asrlar davomida syorfing harakatlari deyarli oʻzgarmagan boʻlsada, bugunga kelib syorfing dunyoga mashxur sport turiga aylangan va u bilan nafaqat erkaklar, balki ayollar ham shug'ullanib keladi[5].
Oʻrganish
tahrirKoʻpgina mashhur sohil davlatlarida syorfing darslarni taklif qiladigan turli maktablar va lagerlar mavjud[6]. Bunday maktablar va lagerlar syorfingga qiziquvchilar va yangi syorfchilarni malakali syorfchilar boʻlishiga yordam berish uchun moʻljallangan. Barcha qulayliklarni oʻz ichiga olgan syorfing lagerlari tungi turar joy, ovqatlanish, darslar va syorfing taxtalarini taklif qiladi. Koʻpgina syorfing darslari quruqlikda nazariy va xavfsizlik boʻyicha brifing bilan boshlanadi, undan keyin oʻqituvchilar talabalarga uzun syorfing taxtalari yoki maxsus yumshoq taxtalarda sayoz toʻlqinlarga tushishga va ularda qoʻl va oyoqlarni toʻgʻri harakatlantirishga doir ilk koʻnikmalarni berishadi.
- ↑ „https://olympic.uz/oz/sports/150“.
- ↑ „@syorfing“. 2024-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 6-fevral.
- ↑ ABDULLAEV, KAZIM (2007-07-26), „Nomad Migration in Central Asia“, After Alexander: Central Asia before Islam, British Academy, qaraldi: 2024-03-02
- ↑ „CHID 480A: Waves of Knowing: Surfing and Empire in the Pacific by Professor Lydia Heberling“.
- ↑ „Ayollar syorfingi“, Vikipediya, 2023-03-28, qaraldi: 2024-02-07
- ↑ „10 of the best surfing schools in the world“.