AyozkoʻlSulton Uvays togʻlarining sharqiy etagidagi koʻl. Ayoz qal’a balandligi (170 m) va Koʻkcha ba-landligi (169 m) oraligʻida. Mutlaq balandligi 91 m. Toʻrtkoʻl va Ellikqal’a tumanlaridan qaytgan zovur suvlari hisobiga 80-yillarning boshlarida vujudga kelgan. Uz. 20–25 km, eni 4 km, oʻrtacha chuq. 1,5–2 m. Qirgʻoqlari va koʻlning bir qismi qamishzorlar bilan band. Suvi tiniq, mi-nerallashuv darajasi 1 l suvda oʻrtacha 10–12 g va undan ortiq. Baliqchilikda foydalaniladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil