Ayrton Lucas Dantas de Medeiros (talaffuzi: Ayrton Lukas Dantas de Mederos; 1997-yil 19-iyunda tugʻilgan) — braziliyalik futbolchi, Moskvaning „Spartak“ klubi himoyachisi, „Flamengo“ futbol klubida ijara asosida o‘ynaydi.

Ayrton Lucas
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ayrton Lucas Dantas de Medeiros[1]
Tavallud sanasi 19-iyun 1997-yil (1997-06-19) (26 yosh)[1]
Tavallud joyi Carnaúba dos Dantas, Braziliya[1]
Boʻyi 1.80 m[2]
Ampluasi himoyachi[1]
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Flamengo
Raqami 26
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2012—2014 ABC
2014—2015 Fluminense
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015—2018 Fluminense 34 (0)
2016Madureira (ijara) 9 (0)
2017Londrina (ijara) 33 (2)
2018— Spartak Moscow 88 (3)
2022—Flamengo (ijara) 0 (0)
Milliy terma jamoa
2016 Braziliya U20 3 (0)
2019 Braziliya U23 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 19-mart uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

Ayrton Rio Grande do Norte shtatidagi Serido sharqiy qismida joylashgan Karnauba dos Dantas hududida tugʻilgan. U oʻz faoliyatini „Karnauba dos Dantas“ maktabining futbol jamoasida boshlagan. 13 yoshida u Natal shahridagi „ABS“ futbol klubi akademiyasiga borgan. Ammo uning ota-onasi Ayrtonni u yerga olib borishni xohlashmagan. Ular futbol akademiyasining yotoqxonalarida toʻshak yoʻqligi va yashash uchun boshqa imkoniyatlarning ham yetishmasligini aytishgan. Keyin Natalda yashovchi Lucas ismli bir keksa odam ularga yordam bergan. U klub rahbariyati bilan gaplashgan va oxir-oqibat Ayrton uchun yotoqxonadan karavot topib bergan. Avvaliga yosh futbolchi oilasiz qiynalgan. Biroz vaqt oʻtgach, u turnirlarda ishtirok etish uchun Rio-de-Janeyroga borgan. U yerda Ayrton klub rahbariyati eʼtiboriga tushib, darhol „ABS“ futbol klubining asosiy jamoasidan joy olgan[3]. Lucasning klubdagi minimal maoshi, taxminan 700-720 real boʻlgan. U „ABS“ futbol klubi tarkibida oʻynaganida, Ayrtonning agenti boʻlmagan. Keyinchalik u agent Karlos Leyte bilan shartnoma imzolagan. Hamda futbolchi bir necha kundan soʻng yangi agentining harakatlari natijasida „Fluminense“ futbol klubiga ijaraga oʻtgan.

2015-yil 18-oktyabrda „Cruzeiro Esporte“ futbol klubiga qarshi o‘yinda (0:2) Braziliya A Seriyasida debyut qilgan[4]. Futbolchi „Londrina“ futbol klubiga ijaraga berilgach, Ayrton bu klubning asosiy chap qanot himoyachisiga aylangan. Shuningdek, u barcha musobaqalarda „Fluminense“ futbol klubi tarkibida jami 58 ta oʻyin oʻtkazdi.

2016-yil boshida Lucas oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun „Joe Madureira“ futbol klubiga ijaraga oʻtdi. 24-fevral kuni Karioka ligasi doirasida „Macaé“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoa safida debyut qilgan[5]. Hammasi boʻlib u „Joe Madureira“ futbol klubi safida 9 ta oʻyin oʻtkazgan. Ijara muddati tugagach, futbolchi „Fluminense“ futbol klubiga qaytgan.

Xalqaro faoliyati tahrir

U Braziliya yoshlar terma jamoasi safida oʻynashi uchun yetarli tajribaga ega deb hisoblangan. Shu tariqa, 2016-yil aprel oyida Ayrton bosh murabbiy Rojerio Mykale tomonidan 2016-yilning 18-mayidan 22-mayiga qadar bo‘lib o‘tgan Suvondagi turnirda ishtirok etish uchun yig‘inga chaqirilgan. Yoshlar jamoasi safida 3 ta oʻyin oʻtkazgan.

2019-yil 25-oktyabrda Ayrton birinchi marta Braziliya olimpiya terma jamoasiga chaqirilgan[6]. 2019-yil 17-noyabr kuni u Braziliya olimpiya terma jamoasi safida debyut qilgan va Argentina olimpiya terma jamoasiga qarshi Birlashgan xalqaro futbol festivali turniri final uchrashuvining 65-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan[7].

Statistika tahrir

Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro kubok Boshqa Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Fluminense F. C.  Braziliya 2015 4 0 0 0 0 0 4 0
Madureira E. C.  Braziliya 2016 0 0 9 0 9 0
Jami 0 0 0 0 0 0 9 0 9 0
Fluminense F. C.  Braziliya 2016 2 0 0 0 1 0 3 0
Londrina E. C.  Braziliya 2017 33 2 0 0 20 1 53 3
Jami 33 2 0 0 0 0 20 1 53 3
Fluminense F. C.  Braziliya 2018 28 0 2 0 10 0 11 0 51 0
Jami 34 0 2 0 10 0 12 0 58 0
Spartak  Rossiya 2018—2019 13 0 1 0 14 0
2019—2020 27 0 4 0 4 0 35 0
2020—2021 27 2 2 1 29 3
2021—2022 21 1 1 0 8 0 30 1
Jami 88 3 8 1 12 0 0 0 108 4
C. R. Flamengo  Braziliya 2022 31 2 4 0 6 0 41 2
Jami 31 2 4 0 6 0 0 0 41 2
Umumiy faoliyatida 186 7 14 1 28 0 41 1 269 9

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Ayrton Lucas“. Fluminense FC. 2018-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-may.
  2. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named SW
  3. „«Вооруженные бандиты напали на дом. Я спрятался под кровать». Айртон — о Бразилии, Кононове и Флэше“. sport24.ru (2019-yil 13-may). 2019-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-may.
  4. „Крузейро VS. Флуминенсе 2:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 18-oktyabr). 2018-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 22-noyabr.
  5. „Мадурейра VS. Макаэ 1:0“ (en). soccerway.com (2016-yil 24-fevral). 2018-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 22-noyabr.
  6. „Айртон получил вызов в олимпийскую сборную Бразилии“. https://www.championat.com. «Чемпионат» (2019-yil 25-oktyabr). 2019-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-oktyabr.
  7. „Понсе обыграл Айртона в финале международного турнира“. https://www.spartak.com. «Спартак» (2019-yil 18-noyabr). 2020-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-noyabr.