Ayyor, ayyorlar (arab. – mugʻombir, daydi, yalangoyoq, maxfiy ish olib bo-ruvchi) – 1) Iroq va Eron shaharlarida 9–11-asrlarda diniy va siyosiy tusdagi gʻalayonlarda faol ishtirok etgan gʻoziylarning bir tabaqasi. Masalan, saffo-riylar qoʻshinining tarkibiy qismini al-mutatavviʼa ("koʻngillilar") tash-kil qilgan, ularni kamsitib A. deb ("muttahamlar" maʼnosi ham bor) atash-gan. A. tabaqasi yersiz va qochoq dehqonlar hisobiga safini toʻlatib borgan. A. mamlakat siyosiy hayotida muhim rol oʻynaganlar. Jangda alohida jasorat, shijoat koʻrsatgan A. yuqoriroq tabaqaga – sarhanglar qatoriga oʻtkazilgan; 2) oʻrta asrlarda oʻzaro jang qiluvchi ikki mamlakatning biridan ikkinchisining orqa tomoniga, shuningdek dushman qoʻshini orasiga maxfiy ravishda yubo-rilib, unda hiyla-nayrang ishlatib qutqu solish, qoʻshinning orasini buzish, eng ke-rakli kishilarni aldab yoʻldan urish yoki qoʻlga tushirish kabi ishlar bilan 235shugʻullanuvchi shaxs.Oʻtmishda xon (bek)liklar oʻrtasidagi oʻzaro nizo-janjallarda A.lar katta xizmat qilgan. Masalan, Mehtarbodi Yaldoyi Samarqandiy, Chor Zoʻlobiy, Dogʻuli, Xavoriq ("Abomuslim" dostonida), Ka-mak Kayyoniy ("Jamshid" dostonida), Yosuman (A. Navoiyning "Farhod va Shi-rin" dostonida) va boshqa; 3) mugʻombir, "tul-ki", oʻz foydasi uchun zimdan ish qiluvchi shaxs; 4) badiiy adabiyotda shoʻx, dilra-bo, nozli, sehrgar, oʻziga rom etuvchi yor (maʼshuqa).

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil