Azamat Ziyoyev (1963-yil Toshkent shahrida tugʻilgan) — Oliy Majlis Qonunchilik palatasi sobiq deputati. Fanlar akademiyasi tarix instituti direktori[1]. ToshDU sharq fakultetining 1985-yil bitiruvchisi. Sharqshunos, filolog, eronshunos, tarix fanlari doktori, professor (1999), Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi aʼzosi.


Faoliyati tahrir

1985-yildan Oʻz FA SHIda kichik ilmiy xodim, ilmiy xodim va 1993-yildan katta ilmiy xodim (ayni vaqtda, 1991-1993 yillar ToshDSHI MOXT kafedrasida oʻrindosh).1997-1998-yillar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining bosh maslahatchisi, 1998-1999-yillari Prezident Matbuot kotibi, 1999-yili Prezident Davlat maslahatchisi — Ijtimoiy-siyosiy masalalar boʻyicha guruh rahbari, 1999-2000-yillari Prezident Matbuot kotibi vazifalarini bajargan. 1998-1999-yillarda Oliy Majlis deputatligiga, 2004, 2009-yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylangan. 2000 — 2005-yillari Oliy Majlis Yoshlar ishlari qoʻmitasi raisi, 2005-2010-yillari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi lavozimda ishlagan. 2010-yildan buyon Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosidir. 2017-yildan „Oʻzbekiston madaniy merosi“ tahrir hayʼati aʼzosi. (Shu orada 2006-2009-yillari TDPUning „Oʻzbekiston tarixi“ kafedrasida oʻrindosh professor.)

Ilmiy yoʻnalishi tahrir

Manbashunoslik, Oʻrta asrlar Oʻzbekiston, Eron, Afgʻoniston va Hindiston xalqlari tarixi. 200 ga yaqin maqolalar muallifi. Bir qancha Xalqaro ilmiy konferensiyalar ishtirokchisi. 1988 Qizil Yulduz ordeni, 1996-yili „Shuhrat“ medali, 2003-yili „Doʻstlik“ ordeni bilan taqdirlangan.

Asosiy ilmiy ishlari: tahrir

Nomz. diss. mavzusi: „Silsilot as-salotin“ tarixiy manba sifatida". — Toshkent, 1990.

Dokt. diss. mavzusi: „Oʻzbek davlatchiligi tarixidan (eng qadimgi zamonlardan Rossiya bosqiniga qadar)“. — Toshkent, 1999.

  1. Elchilar yetib kelmadi // Fan va turmush. — Toshkent, 1985. — № 5.[2]
  2. Umri boqiy asar // Guliston. — Toshkent, 1986. — № 5.[2]
  3. XVII asrning ikkinchi yarmi oxirida Balx va Hindistonaro munosabatlar // Sharqshunoslik. Tarix, manbashunoslik, filologiya. Tezislar toʻplami. — Toshkent, 1987.[2]
  4. Oʻzbekistonda Firdavsiy hayoti va ijodini oʻrganishga doir // Oʻzbekistonda ijtimoiy fanlar. — Toshkent, 1987. — № 8. — B.69 — 72.[2]
  5. „Silsilot as-salotin“ XVII asr oʻrtalarida Buxoro xonligidagi siyosiy ahvol haqida // Oʻzbekistonda ijtimoiy fanlar. — Toshkent, 1989. — № 8. — B.44-46. [2]
  6. „Silsilot as-salotin“ tarixiy manba sifatida // Oʻzbekistonda ijtimoiy fanlar. — Toshkent, 1990. — № 9. — B.41-45. [2]
  7. XVI — XVIII asrlarda Xuroson uchun kurash // Sharq mashʼali. — Toshkent, 1992. — № 3 — 4. — B.20 — 21.[2]
  8. Mahmud ibn Vali va oʻlkamiz tavsifi // Sirli olam. — Toshkent, 1992. — № 11 — 12.[2]
  9. Senniy istochnik po istorii vzaimootnosheniy Buxarskogo xanstvo i Indii XVII — nachala XVIII veka // Obщestvennie nauki v Uzbekistane. — Tashkent, 1992. — № 3 — 4.  - S. 44 — 49.[2]
  10. „Maosiri Olamgiriy“ tarixiy manba sifatida // Oʻzbekistonda ijtimoiy fanlar". -Toshkent, 1993. — № 6. — B.30 — 34.[2]

Manbalar tahrir

  1. „“Ta’lim tizimimiz hali ham sovetcha” – Azamat Ziyoyev“. kun.uz. Qaraldi: 29-may 2023-yil.
  2. 2,00 2,01 2,02 2,03 2,04 2,05 2,06 2,07 2,08 2,09 Oʻzbekiston sharqshunoslari bibliografiyasi 2021, s. 215—218.

Adabiyotlar tahrir

  • Oʻzbekiston sharqshunoslari bibliografiyasi, Toshkent, 2021 — 215—218 bet.