Azayimxonlik – duo oʻqish, dam solish, sehr-afsun yoʻli bilan tabiblik qilish. Ibtidoiy sehrgarlikning bir koʻrinishi. Ilk jamiyatning urugʻchilik bosqichida ayrim shaxslar odamlarni od-diy usul (dorivor giyoh, qon olish va boshqalar) bilan davolagan. Lekin ularning ba’zilari bemorni davolash jarayonida, goʻyo kasal "sababchisi" boʻlgan "yomon ruhlar"ni har xil xatti-harakatlar (avrash, duo oʻqish, sehrlash, afsoʻngarlik) bilan "haydab chiqara olishlariga" odamlarni ishon-tirgan. Jahonning koʻpgina xalqlarida keng tarqalgan. A. bilan shugʻullangan shax-slar azayimxon, duoxon, baxshi va hokazo deb ataladi. Azayimxondan xalq tabi-blarini farqlash lozim.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil