Azfariy
Azfariy (taxallusi; asl ismi Mirza Alibaxt) (1760, Dehli – 1819, Madras) – shoir, olim, tarjimon. Bo-buriylar sulolasidan. Musiqa, harb va tabobat ilmini mukammal oʻrgangan, turkiy, urdu, forsiy va arab tillarida ijod qilgan. 3 devoni, "Voqioti Az-fariy" va boshqa tarixiy-biografik asarlari; "Farhangi Azfar;:y" ("Azfariy lugʻati"), "Mezoni turkiy", "Nasabi tur-kiyi chigʻatoyi", "Nasabi turkiy" kabi 15 dan ortiq kitoblari bor.Ularda bobo til (turkiy til) va uning grammatikasini oʻrganishga da’vat etgan, uning lugʻaviy boyligini na-moyish qilgan. Navoiyning "Mahbub ul-qulub" va Boboʻrning "Aruz risolasi"ni "Aruzzoda" nomi bilan fors tiliga nazm va nasrda tarjima qilgan. "Aruzzoda"ning 1836-yilda kotib Mahmudali Sayd koʻchirgan qoʻlyozmasi Madras davlat sharq qoʻlyozmalari kutubxonasida saqlanadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |