Azhar Isfahoniy, Ali bin Sahl – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Kunyasi – Abulhasan. Muhammad bin Yusuf Bannoning shogirdi. Amr bin Usmon Makkiy va Abu Turob Naxshabiy bilan suhbatda boʻlgan. Tasavvufning daqiq masalalari yuzasidan Junayd Bagʻdodiy va Muʼammil Jassos bilan maktub asosida fikr almashgan. Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx haqidagi bobni aynan kiritgan[1][2].

Manbalar tahrir

  1. "Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat". 
  2. "Nasoyim ul-muhabbat".