Azim sayyod madrasasi — Qarshi madrasasi. Azim sayyod madrasasi toʻgʻrisida faqat arznomalarda maʼlumotlar saqlanib qolgan. Qozi mulla Riyosiddin sudur shunday yozadi: "Janobi oliy hukmdorimizning aziz va muborak boshiga bandayi ojiz tasadduk boʻlsin. Rahbarimiz va hazrat sayyidimizning xusravona marhamatidan Qarshi viloyatidagi Azim sayyod madrasasi mudarrisi mulla Tohir xoja Hotamboy madrasasi mudarrisi marhum mulla Komil oʻrniga dars oʻtishga lozim koʻrilib, sarafroz etildi. Duolar boʻlgʻaykim, binobarin zikr etilgan ushbu Azim sayyod madrasasida uning joyi boʻsh qoldi. Shu sababdan zoti oliyning duogoʻyi Eshon shahid masjidi hujralari mudarrisi mulla Moʻmin xoja humoyun zot oliy hukmdorimizni duo qilib, mazkur Azim sayyod madrasasi ilm tolibi mudarris mulla Tohir xojaning oʻrniga oʻtishdan umidvor boʻlib, arz etgay. Tasadduqingiz boʻlay, ushbu Moʻmin xoja kamsuqum va dars berishga munosib kishi. Bandaparvar oliy sohibim, bu nodon duoguyingizning fahmi ojizicha, kamtarin duoguyingiz mazkur Azim sayyod madrasasiga mudarris etib tayinlansa xushnudlikdan boshi osmonga yetib, duo qilgay[1]. Buni janob olampanoh, uazrat qiblagohimiz yaxshiroq bilgay. Tasadduqingiz boʻlay, Azim sayyod madrasasi mudarrisi yiliga 140 tanga maosh oladi". Qozi sal oʻtmay, oliy hukmdorga yana bir marta rasmiy arz qiladi. Unda Moʻmin xojaning Azim sayyod madrasasiga mudarris boʻlib oʻtgani tufayli, uning oldingi oʻrniga boshqa kishini mudarris etib tayinlashni soʻraydi. 1923-yilda Azim sayyod madrasasi xarobaga aylanadi. Uning vaqf mulklari daromad bermay qoʻygan edi. Ushbu madrasa ham Sharshara darvoza atrofida edi. Madrasa sohibi toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼlumot uchramadi. U Sayyod qishlogʻidan boʻlgan[2].

Madrasa
Azim sayyod madrasasi

Azim sayyod madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Qashqadaryo viloyati
Shahar Qarshi
Maktab yoʻnalishi sunniy
Meʼmoriy uslub Markaziy Osiyo meʼmorchiligi
Maqomi saqlanib qolmagan


Manbalar

tahrir
  1. Jumanazar A. K. Nasaf. Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007 — 204-bet. 
  2. Ravshanov P. Qarshi tarixi. Toshkent: Yangi asr avlodi nashriyoti, 2006 — 639-bet.