Azimut yordamida ufq tomonlarini aniqlash

Azimut (arab. — yoʻl, yoʻnalish) (osmon yoritqichi Yerdagi biror narsa va shahrik. azimuti) — kuzatish joyining meridian tekisligi bilan kuzatilayotgan ob’ektdan oʻtgan vertikal (tik) tekislik orasidagi burchak. Agar tik tekislik shoqul chizigʻi (tik chiziq) orqali kuzatish nuqtasidan oʻtsa, A. haqiqiy yoki astronomik A. deyiladi. Geodezik (refe-rens — ellipsoida normaldan oʻtgan) va magnit A. ham mavjud. A. astronomiyada ufqning janubiy nuqtasidan gʻarbga tomon, geodeziyada ufqning shimoliy nuqtasidan sharqqa tomon ufq yoyi bilan oʻlchanadi (0°< a<360°). AZIMUTAL YULDUZ – fundamental astronomiyadagi atama; osmon gumbazidagi vaziyati yaxshi ma’lum boʻlgan, astro-nomik asbob doimiysini aniqlash uchun kuzatish dasturiga kiritiladigan yorugʻ yulduz.

kompas yordamida azimut aniqlanadi

Geografik xaritalar

tahrir

Geografik xarita – insoniyatning buyuk kashfiyoti. Shuning uchun tabiiy sharoit, aholi va uning xo‘jalik faoliyati geografik xaritalarda hamda joy planida tasvirlanadi. Sayyohlar, kashfiyotchilar notanish o‘lkalarda piyoda, ot-ulovda yuzlab, minglab kilometr yo‘l yurganlar, qayiq va kemalarda dengizu okeanlarda suzganlar. Ular ko‘rgan, o‘rgangan, kashf qilgan hamma narsalar xaritalarga tushirilgan. Demak, Yer yuzini o‘rganishning eng qadimgi va sinalgan uslubi yo‘l bo‘ylab joy planini chizishdir[1].

Ufq tomonlarini aniqlash

tahrir

Agarda keng tekis joyga chiqsangiz, siz turgan yer doira shaklda ko‘rinadi. Doira shakldagi tekislikning chetida osmon bilan Yer tutashib turgandek tuyuladi. Ana shu osmon bilan Yer tutashgan chiziq ufq deb ataladi. Sizdan ufqqacha bo‘lgan doira shakldagi tekis yer esa ufq tekisligi deyiladi. Ufq tekisligining 4 ta asosiy tomoni, yaʼni: shimol, janub, g‘arb, sharq tomonlari bor. Yana 4 ta oraliq — shimoli-sharq, janubi-sharq, janubi-g‘arb va shimoli-g‘arb tomonlari mavjud. Lekin yo‘nalish esa juda ko‘p. Chunonchi, Siz turgan joydan biror uy yoki daraxtga tomon yo‘nalish to‘ppa-to‘g‘ri shimolga emas, biroz sharqqa yoki janubi-sharqqa bo‘lsa, Siz bu yo‘nalishni qanday aniqlaysiz? Ana shunday vaqtda azimut yordam beradi[1].

Azimutni kompas yordamida aniqlash

tahrir

Har qanday aylana 360° ga bo‘lingan. Xo‘sh, azimut nima? Azimut — joydagi ikki yo‘nalish orasida hosil bo‘lgan burchak. Bu yo‘nalishlardan biri doim shimolga, ikkinchisi esa biz aniqlash lozim bo‘lgan predmet (biror daraxt, simyog‘och) ga yo‘nalgan bo‘ladi. Azimutlar shimolga yo‘nalishdan boshlab soat millari yo‘nalishi bo‘yicha hisoblanadi. Yoʻlgacha boʻlgan yo‘nalish azimuti 240° ga, zavod mo‘risiga yo‘nalish azimuti 45° ga, Uyacha yo‘nalish azimuti 310° va daraxt azimuti 120° ga teng ekanini ko‘rasiz[1].

Masofani o‘lchash

tahrir

Biror joyning planini tuzayotganda masofalarni o‘lchashga to‘g‘ri keladi. Bir-biriga yaqin turgan ikki predmet orasidagi masofani metr yoki ruletka yordamida o‘lchash mumkin. Lekin yurilgan yo‘l uzunligini yoki tabiatdagi ikki predmet oralig‘idagi masofani ular bilan o‘lchash juda qiyin hamda ko‘p vaqtni oladi. Bunday hollarda masofani qadamlab o‘lchasa bo‘ladi. Masofani qadamlab o‘lchash uchun har bir bola o‘z qadamining o‘rtacha uzunligini bilishi zarur. Qadamning o‘rtacha uzunligini bilish uchun avval, 100 metr (m) masofani ruletka bilan o‘lchab olish kerak. Keyin shu masofani odatdagicha qadamlab yurib, necha qadam ekani aniqlanadi. Aytaylik, Siz 100 m masofani 200 qadamda bosib o‘tdingiz. Endi 100 m ni 200 ga bo‘lasiz. 100 m — 10 000 santimetr (sm). 10 000:200=50 sm. Demak, Sizning har bir qadamingizning uzunligi 50 sm, yaʼni yarim metrga teng ekan[1][2][3].

Manbalar

tahrir
  1. http://geografiya.uz/boshlangich-kurs/7-azimut-va-masofani-olchash.html
  2. https://www.youtube.com/watch?v=UaJ5dU07pTc
  3. https://www.youtube.com/watch?v=5MUT73ltOPo

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 http://geografiya.uz/boshlangich-kurs/7-azimut-va-masofani-olchash.html
  2. https://www.youtube.com/watch?v=UaJ5dU07pTc
  3. https://www.youtube.com/watch?v=5MUT73ltOPo